Iqtisodiy bilim asoslari



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/247
Sana10.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#441554
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   247
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

PULNING VAZIFALARI
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, birinchidan, pul bu muomala vositasidir. Pul yordamida 
tovarlar pulga ayirboshlanadi. Natijada tovar — pul almashuvi amalga oshiriladi. 
Ikkinchidan, pul bu tovar qiymatining o‘lchov vositasidir. Har bir tovarning qiymati 
pul bilan o‘lchanadi. Tovarning pulda ifodalangan qiymati – uning narxini belgilaydi. 
Uchinchidan, pul boylik jamg‘arish vositasidir. Tovarni pulga almashib, tushgan pulga 
boshqa tovar olmasdan, uni ma’lum vaqtgacha saqlash, ya’ni jamg‘arish mumkin.
PLASTIK KARTOCHKALAR — ZAMONAVIY PULLAR 
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi natijasida 
hozirda plastik kartochkalar ko‘rinishidagi elektron pullar 
ham to‘lov vositasi sifatida qo‘llanilmoqda. Plastik kar-
tochkalar pulning zamonaviy ko‘rinishidir. Kartochkalar 
kompyuter disketlariga o‘xshagan bo‘lib, unga pul egasi, 
pul miqdori va qaysi bankda saqlanayotganligi haqida 
ma’lumotlar kiritilgan bo‘ladi. Plastik kartochka maxsus 
moslama (terminal)ga joylanib, zarur pul miqdori 
xaridorning bankdagi hisob raqamidan to‘lovni qabul 
qilayotgan muassasa hisobiga o‘tkaziladi. Kartochkadan 
boshqalarning foydalanishining oldini olish maqsadida u 
kartochka egasi tomonidan “kalit” – maxfiy kod bilan 
himoyalangan bo‘ladi va uni faqat shu “kalit” bilangina 
ochish mumkin.
Shuningdek, plastik kartochkalardagi pulingizni kerak 
bo‘lganda bankomat deb ataluvchi qurilmalardan foy-
dalanib, naqd pulga aylantirib olishingiz mumkin. 
Plastik kartochkalar bilan to‘lovlarni amalga oshirish 
bugungi kunda har bir fuqaro uchun odatiy holga aylanib 
bormoqda. Bunga sabab ular mijoz uchun qulay to‘lov vositasi ekanligi bo‘lib, naqd pulga 
bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada kamaytiradi. Mamlakatimizda plastik kartochkalar orqali 
to‘lovlarni amalga oshirishni rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va Davlat Soliq qo‘mitasining 2009-yil
27- iyuldagi qo‘shma qaroriga ko‘ra, quyidagi obyektlarda aholi bilan pul muomalasini 
plastik katochkalar orqali amalga oshirishni ta‘minlash maqsadida terminallar o‘rnatish 
majburiyati yuklandi: 
— havo yo‘llari va temiryo‘l chiptalarini sotish kassalarida; 
— uy-joy maishiy xizmatlar uchun to‘lovlar qabul qiladigan shoxobchalarda
— telefon, uyali aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar qabul qilish shoxobchalarida;
— aholidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qabul qiluvchi shoxobchalarda;
— avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida;
— savdo zali maydoni 150 kvadrat metrdan ziyod bo‘lgan savdo shoxobchalarida;
— restoranlarda;
— xodimlari maoshini plastik kartochkalarda oluvchi muassasalarning umumiy 
ovqatlanish shoxobchalarida;
— mehmonxona va aloqa bo‘limlarida.



Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish