28-MAVZU
SOLIQLAR VA ULARNING TURLARI
1. Ma’lumki, soliqlar davlat xazinasiga undiriladigan, qonunda ko‘rsatilgan majburiy
to‘lovlardir. Mamlakatimiz fuqarolari soliq to‘lovchi sifatida davlatga qanday soliqlarni
to‘laydi?
2. Nima sababdan soliqlarni to‘lash majburiy hisoblanadi?
3. Soliq to‘lovlari ularni to‘lovchilarga qanday ko‘rinishlarda qaytib keladi?
4. Soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishidan birinchi navbatda kim manfaatdor: davlatmi yoki
soliq to‘lovchilarmi?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
SOLIQLAR VA ULARNING MOHIYATI
Soliq
— fuqaro, firma va korxonalardan davlat budjetiga undiriladigan, qonunda ko‘rsa-
tilgan majburiy to‘lovdir. Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbayi hisoblanadi.
Soliq
— fuqaro, firma va korxonalardan davlat xazinasiga undiriladigan, qonunda
ko‘rsatilgan majburiy to‘lov.
Jismoniy shaxs
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqa-
roligi bo‘lmagan shaxslar.
Yuridik shaxs
— O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tashkil etilgan
korxonalar, firmalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muassasalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |