Bog'liq Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)
Ijtimoiy sohadagi islohotlar o‘tish davrida vujudga keladigan
turli noxush holatlardan aholini himoya qilishga qaratilgan. Narx-
navoning oshi shiga mos ravishda maosh, stipendiya, pensiya va
turli xil nafaqa pullari miqdori oshirib borilmoqda.
Respublikamiz bilan bir qatorda mustaqillikni qo‘lga kiritgan
va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrini boshidan kechirayotgan
davlatlar talaygina. Bu davlatlarning ba’zilarida bozor islohotlari
shoshma-shosharlik va tavakkalchilik bilan amalga oshirilyapti.
Buning oqibatida bu davlatlar iqtisodiyoti o‘ta mushkul
vaziyatga tushib qolmoqda. Bunday ahvolni ko‘rib turib,
bizning mamlakatimizda olib borilayotgan bozor islohotlari
naqadar oqilona va izchil yo‘ldan borayotgani hamda amalga
oshirilayotganligiga amin bo‘lamiz.