Moliya-kredit sohasidagi islohotlar
respublikamiz o‘z
valutasini muomalaga kiritishi, qator tijorat banklarining ochilishi,
qimmatbaho qog‘ozlar bozorining tashkil qilinishi, yangicha soliq
tizimining yaratilishi kabi bozor talabiga javob beruvchi moliya
tizimini yaratish yordamida amalga oshirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar
respublikamizning
tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirishga qaratilgan. Ko‘plab
xorijiy davlatlar bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilinmoqda.
Respublikamizning boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilish
imkoniyatlari kengaymoqda.
2012- yil davomida tashqi savdo aylanmasi 26,286 mlrd.
AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 2011- yilga nisbatan 0,9%
ortiq demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |