Buni yodda tuting!
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanmoqda. Bu borada
mulkchilik sohasida, qishloq xo‘jaligida, moliya-kredit sohasida, tashqi iqtisodiy
aloqalarda va ijtimoiy sohada islohotlar amalga oshirilmoqda.
Iqtiboslar
Tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqi-
rozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab
o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday
tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas
xato bo‘lar edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz
lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va
global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari» kitobidan
Do'stlaringiz bilan baham: |