SOF RAQOBAT BOZORI
Oldingi mavzuda raqobat va uning vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar
haqida gaplashgan edik.
Sof raqobat bozoriga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotiladigan dehqon
bozorlarini, kundalik ehtiyoj mollari sotiladigan chakana savdo do‘konlarini keltirish
mumkin. Bu bozorlarda muayyan tovar turi juda ko‘p sotuvchilar tomonidan sotiladi.
Bu bozorlarda narx erkin bo‘lib, biror-bir sotuvchi narx ustidan nazorat o‘rnata olmaydi.
Shuningdek, bu bozorlarga kirishga to‘siq yo‘q bo‘lib, istalgan paytda ixtiyoriy sotuvchi
bu bozorlarda o‘z faoliyatini boshlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |