XARIDORLAR O‘RTASIDAGI RAQOBAT
Xaridorlar ham muayyan tovarni sotib olish uchun o‘zaro raqobat qilishadi. Bunday raqobat,
ayniqsa, tovarning taklifi miqdori unga bo‘lgan talab miqdoridan kam bo‘lganda yaqqolroq
namoyon bo‘ladi. Bozorda tovarning kam miqdorda taklif etilishi tovar taqchilligini yuzaga keltiradi.
Tovarni sotib olish uchun xaridorlar navbat kutib qoladilar. Navbatlarning paydo bo‘lishi esa
xaridorlarning o‘zaro raqobatidan dalolat beradi. Bunday raqobat ta’sirida narxlar oshadi, tovar
sifati tushadi, xizmat ko‘rsatish esa yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |