21
teskari aloqani ta’min etish va axborotga qayta ishlov berishdan iborat.
Olingan axborotni tahlil
qilib, zarur hollarda kelgusida harakatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi va nixoyat, qo‘yilgan maqsad va
olingan natijalarning mosligi xaqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat
bevosita natijalarning mosligi xaqida xulosa chiqariladi.
Tashqi shart - sharoitlar: o‘quv binolari,
xonalarni jixozlashda, texnik va boshqa vositalar
bilan ta’minlanganlik darajasida, ijtimoiy muxit va boshqalarda o‘z aksini topadi.
Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi omillar o‘ziga xos to‘siq bo‘lishi
ham mumkin:
-pedagogik tizimning barcha tashkiliy elementlari va ularning o‘zaro aloqadorligida
uyg‘unlikning mavjud
emasligi;
-ta’lim jarayoni ishtirokchilarining psixologik, shaxsiy, individual va boshqa xususiyatlari.
- taxsil beruvchining kasbiy kompetentligi kabilar.
Pedagogik texnologiyalar qo‘llash darajasiga ko‘ra universal yoki xususiy idorada bo‘lishi
mumkin.
X U L O S A.
Ta’lim maqsadlarini, baholash mezonlarini hamda ta’lim sharoitlarini takroriy xosil
qilishdagi
imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’lim- tarbiya jarayonini tarbiyaviy omillariga ham
“texnologik” jarayonini keng tadbiq etish mumkin. Bu jixatdan “pedagogik texnologiya” ta’lim va
tarbiya o‘rtasidagi farqni qisqartiradi. “Pedagogik texnologiya” ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish
va qismlashtirish, ta’lim natijalarini
standartlashtirish, ta’lim jarayonidagi samarali teskari aloqa,
avtomatlashtirish imkoniyatlari kabi muxim ta’lim muammolarini hal qilish imkonini beradi. Ushbu
muammoni ishlab chiqishda “pedagogik texnolgiya” dagi ta’lim tizimlarini ko‘rishdagi tajribasini
hisobga olish va tanqidiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
“Pedagogik texnologiya” ning rivojlanish istiqbollari uning nazariy
asoslarining tanqidiy
tahlil qilinishi, ta’limga reduksion yondashishdan voz kechish bilan belgilanadi. Bir vaqtning o‘zida
“Pedagogik texnologiya” nazariy asoslarini o‘zgartirish bilan birgalikda uning “muammo
maydoni”ni ham o‘zgartirish lozim.
Ta’lim jarayonining “texnologik” ko‘rilishi qator muammolarni keltirib chiqaradi. Ular
sirasiga, birinchi navbatda, didaqtik maqsadlarini ishlab chiqish, ularni
muvofiq ravishda tarkib
toptirish, mos ravishdagi ta’lim jarayonini loyixalashtirishda uning shakl va mazmuni muvofiqligini
taminlash, o‘quvchilar tomonidan tajribaning to‘laqonli o‘zlashtirilishi, barcha ta’lim oluvchilar
saviyasini tenglashtirish va oshirish kabilarni kiritish mumkin.
Bulgusi mutaxassislarini sifat jixatidan zamon talabi darajasida tayyorlashga avvalo ularga
aniq bilimlar berish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularni kelgusi faoliyatlarida
unumli qo‘llashga o‘rgatish orqali erishish mumkin. Shunday ekan, o‘quv-tarbiya jarayonini ta’lim
nazariyasi faoliyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqib, barcha ta’lim-tarbiya ishlarini “pedagogik
texnologiya” yo‘nalishiga o‘tkazish, maktab amaliyotidagi ixtiyoriylik bilan uning har bir
elementini jiddiy asoslash lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: