Siyosiy kichik tizim.
Rivojlangan ijtimoiy tizimga ega bo‗lgan jamiyatda ijtimoiy, etnik va diniy
tabaqalanishning kuchayishi muqarrardir. Mavjud mavqeidagi tub o‗zgarishlardan kelib
chiqadigan qarama-qarshi manfaatlarni ko‗zlovchi ijtimoiy birliklar va guruhlar mavjudligi
ularning o‗rtasida siyosiy munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. Bu manfaatlarni
muvofiqlashtirish zaruriyati jamiyat siyosiy tizimining tuzilishi va funksiyalarini belgilaydi.
Siyosiy tizim jamiyatda siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat va siyosiy tashkilotlar,
institutlar va muassasalar majmuidir. Siyosiy tizim murakkab tuzilishga ega. Jamiyatda
fuqarolarga nisbatan qonuniylashtirilgan majburlov choralarini qo‗llash yo‗li bilan o‗zining
siyosiy munosabatlarni tartibga solish borasidagi funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat siyosiy
tizimning bosh elementi hisoblanadi. Davlat jamiyatning muhim ijtimoiy-siyosiy instituti bo‗lib,
muayyan hududda unga oliy hokimiyat vakolatlari beriladi. Bu vakolatlardan davlat odamlar,
ularning guruhlari va birlashmalari xulq-atvorini boshqarish uchun foydalanadi.
9.
Do'stlaringiz bilan baham: |