199
«Inson, u uzoq vaqt o‗ylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki evolyusiyaning
o‗ziga va cho‗qqisi bo‗lib, bu ancha go‗zalroqdir»
1
, deb qayd etadi atoqli fransuz faylasufi va
teologi P.T. de SHarden (1881-1955).
Unga zid o‗laroq, A.SHopengauer (1788-1860) inson nuqsonli mavjudot ekanligini
ta‘kidlaydi, uni «tabiat xalturasi» deb ataydi.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi.
Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‗zini o‗zi yaratadi. U «Inson –
odamzot kelajagidir», deb ta‘kidlaydi.
SHunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‗p
ta‘riflar va tavsiflar berildi, u ko‗p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir
ob‘ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:
«aqlli mavjudot»;
«siyosiy hayvon»;
«tabiat gultoji»;
«hayotning boshi berk ko‗chasi»;
«hayotning soxta qadami»;
«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
«o‗zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
«ma‘naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.
Fikrlarning bunday rang-barangligi sababini, avvalo, insonning o‗z tabiatidan izlash
lozim. Inson tabiatining siri, hech shubhasiz, «boqiy muammolar»dan biri bo‗lib, falsafa o‗z
predmetining mohiyati va xususiyatiga ko‗ra unga qayta-qayta murojaat etgan va shunday bo‗lib
qoladi. Bu erda mazkur sohadagi barcha fikr-mulohazalarga mo‗ljal beruvchi insonning kelib
chiqishi haqidagi masala ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Inson qaerdan va qanday paydo
bo‗lgani haqidagi ko‗p sonli g‗oyalar orasidan eng muhimlarini ajratib olsak, ularning barchasini
ma‘lum darajada shartlilik bilan ikki asosiy konsepsiya – insonning tabiiy va g‗ayritabiiy kelib
chiqishi haqidagi konsepsiyalar doirasida birlashtirish mumkin.
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‗lishiga olib
kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g‗oyasidan kelib chiqadi. Bunda inson jonsiz, keyinchalik
esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya 1859
yilda inson kelib chiqishining tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‗lgan CH.Darvinning «Hayvon va
o‗simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e‘lon qilgan
evolyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi
sohasida erishilgan eng so‗nggi yutuqlar ta‘sirida o‗z shakl-shamoyilini sezilarli darajada
o‗zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‗ziga xos dasturilamal bo‗lib
xizmat qilmoqda.
YAna shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, insonda nafaqat o‗ta rivojlangan tirik
jonzotlar, balki o‗ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o‗xshashlik mavjud. Xususan,
shimpanze bilan bunday o‗xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan –
50% ni tashkil etadi.
Biroq, shuni ta‘kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib
chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog‗liq holda
bo‗lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin.
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida
qarab, uni g‗ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan
birinchi ta‘limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy
nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga
egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil
dalil-isbotlar keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: