Falsafaning axloqiy funksiyasi
odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga
keluvchi munosabatlar bilan bog‗liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati,
asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda
yuzaga keladigan va tabiiy yo‗l bilan, ya‘ni real hayot amaliyotida o‗rnatiladigan me‘yorlar va
qoidalarga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday me‘yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‗zaro aloqalari, ularning munosabatlari va
o‗zaro til topish darajasida namoyon bo‗ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo
axloqda, jamiyatning barcha a‘zolari xulq-atvorida namoyon bo‗ladi va shu tariqa yana bir
muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |