Metodologik funksiyasi
u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini,
shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‗zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini
anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‗l, tadqiqot, tekshirish so‗zidan kelib chiqqan).
Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‗zi o‗rganayotgan predmetning tadqiqot
yo‗lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‗rganilgan, biroq ayrim fanlar
vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy
metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi
falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‗ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab
chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, falsafa o‗ta keng
tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‗rar, ularni ta‘riflar ekan, metodologik funksiya
bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |