Falsafaning aksiologik funksiyasi
hayotning ma‘nosi, o‗lim va umrboqiylik
masalalarini kun tartibiga qo‗yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga ―yaxshi‖, ―yomon‖,
―muhim‖, ―foydali‖, ―foydasiz‖ kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia
- qadriyat) funksiyani bajaradi. U uzoq muddatli tendensiyalarni qisqa muddatli tendensiyalardan
farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi
darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy
bog‗liq bo‗lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. SHu tariqa insonning muayyan qadriyatlari,
mo‗ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya‘ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim
odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va
jamiyatdagi xulq-atvorini ko‗p jihatdan belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |