Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy
(870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil
odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar
tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan.
Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni
farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi
mantiqni birinchi o‗ringa qo‗ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e‘tibor
bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq
10
Демокрит \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С.105.
11
Платон \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 782.
12
Аристотель \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 69
20
«yagona» va ayni vaqtda «ko‗p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya‘ni «yagona»
muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga
kiruvchi to‗qqiz gumbaz ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Bu gumbazlarda ularning Er atrofida
aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‗z harakatini dastlabki turtkidan
boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va
materiya haqidagi ta‘limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon
fikriga qo‗shilmagan, chunki uning paydo bo‗lishi va o‗limi tananing paydo bo‗lishi va o‗limi
bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi
Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish
nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi.
Narsalarning mohiyati aql bilan anglab etiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi
a‘zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb
hisoblagan bo‗lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish
bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy
elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o‗simliklar, hayvonlar, inson va
osmon jismlarini sinchiklab o‗rganadi. SHu tariqa u tashqi dunyoning ob‘ektiv mavjudligiga
urg‗u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari SHarq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta‘sir
ko‗rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa
fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‗liq bo‗lmagan
holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, ob‘ekt sub‘ektga qadar mavjud bo‗lgan.
Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‗lganidek, bilish mumkin bo‗lgan narsalar ham
bilishdan oldin paydo bo‗lgan
13
.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida
o‗zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy
mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni
o‗rganadi. Forobiy «Fan va san‘atning o‗ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning
uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani
bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‗l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bo‗lganidan so‗ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo
bo‗ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‗ngra sezgi organlari paydo bo‗ladi,
ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyati va xotirani beradi. SHundan keyingina inson «orzu
kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o‗zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan
farqlaydi, o‗z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma‘lum sezgi
organlari bilan moddiy sabab orqali bog‗lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz
mavjud bo‗la olmaydi
14
, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‗tishini qat‘iyan rad etadi va ruh ham,
tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil
bo‗lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va
g‗oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo
bo‗ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‗oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar
haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‗ladi. Universaliyalar mavjud bo‗lgani uchun
ham umumiy tushunchalar mavjuddir,
15
deb hisoblaydi buyuk mutafakkir.
Bilish bosqichlari o‗rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‗llari to‗g‗risida
mulohaza yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‗li sezishdan
boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks
13
Қаранг: Фароби. Комментарии к категориям Аристотеля // Избранные произведения мыслителей стран
Ближнего и Среднего Востока. – М., 1961. – 191-б.
14
Қаранг: Фароби. Фусус ал-Хикам. Мажему аль-Фараби. – Каир, 1997. – 150-152-б
15
Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 25-б
21
ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari
va nuqtalarini mavxum o‗rganishga o‗tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini
teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‗li mavhumlashtirishdan boshlanishi
darkor. Bilishni mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‗ylab harakatlana boshlaydi,
mavhum chiziq, yuza, jismni anglaydi va so‗ngra muayyan jismni tushunib etadi.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‗llariga boshqacha nazar
tashlash imkonini beradi, biroq Forobiy ilgari surgan g‗oya Gegel falsafasida o‗zining yanada
barkamolroq ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan iborat bo‗lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash
haqidagi masala undan voz kechish ma‘nosida echilgandir. Endilikda masala faqat bilish
doirasida nima birinchi bo‗lishi va undan keyin nimalar anglab etilishi lozimligi haqida bo‗lishi
mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‗l emas, balki bilishga muvofiq yo‗l talab etiladi. Bilish
fikrning muayyan mazmunidan ko‗ra, mavhum mazmunni anglab etishi osonroqdir»
16
.
Binobarin, bilish masalasi borliqning qaysi jihati biluvchi sub‘ektning ob‘ekti hisoblanishidan
kelib chiqib hal qilinadi. Umuman, Forobiy g‗oyalari nafaqat SHarq fanining, balki G‗arb
ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‗ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |