Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   359
Bog'liq
falsafa

Sog„liqni saqlash.
Aholi 
soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global 
muammosi bilan uzviy bog‗liq. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‗zgarishlar 
o‗rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit 
ifloslanishining hali o‗rganilmagan yoki kam o‗rganilgan ko‗p sonli fizik (avvalo elektromagnit), 
kimyoviy va biologik omillari ta‘sir ko‗rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar 
aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‗zgarishlar ayni shu hol bilan 
izohlanadi.
Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‗lib, ular odamlar o‗limining asosiy 
sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada 
ko‗paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va 
boshqalar paydo bo‗ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‗sishining 
asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‗riqish, stress 
holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va 
o‗zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga 
yuklab, o‗ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish 
imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda 
kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‗proq, kasallikning 
oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining 
pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‗limi, 
bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo 
bo‗lish ehtimoli rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‗lmaydigan darajada 
yuqoridir.
So‗nggi ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha yurak qon—tomir kasalliklari kun sayin 
ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‗lim bilan tugaganligi sababli jamiyat 
uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon sog‗liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotiga ko‗ra, 
2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 17,5 million inson vafot etgan. Ushbu ko‗rsatgich 
barcha o‗lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. SHu jumladan, 7,6 million kishi yurak 
ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan ko‗z yumgan
52
. Hozirgi vaqtda 
o‗rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‗rtasidagi ulkan yuk oqimlari, 
odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb 
etdi va ko‗pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, 
cho‗chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‗lmagan, yangi kasalliklarning paydo bo‗lishi 
sabablarini ham ayni shu erdan izlash lozim.
Ayni paytda shuni ham alohida ta‘kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni 
ko‗payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan 
XXI asr fanining eng katta yutug‗i sifatida 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) 
ayollarda bachadan saratoni kasalligini ―papiloma‖ virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga 
qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‗ldi. Dunyo bo‗yicha 
umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz mingga 
yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‗z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi 
vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‗ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda 
rivojlangan mamlakatlarda 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash 
ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk 
kashfiyotlaridan biri sifatida e‘tirof etilmoqda. 
1
Каримов И.А. БМТ Саммити мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқ. 
–Т.:. Ўзбекистон, 2010 
52
Бобожонова Н. ―Ёшарган‖ хавфли тўлқин. -Т.: Ношир, 2008. –Б.23. 


117 
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi 
bo‗yicha davlat dasturi qabul qilingan bo‗lib, unga ko‗ra barcha viloyatlarda skrining markazlari 
tashkil qilindi, ona va bola salomatligining profilaktikasi, ―tez yordam‖ markazlarining faoliyati 
yo‗lga qo‗yildi, aholini notipik gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga 
oshirilmoqda. ―Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning 98 foizidan 
ortig‗i oldini olish mumkin bo‗lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida 
difteriya, qizamiq kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 2010 yilda 
yuqumli kasalliklar bilan og‗rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi 28 foiz, epidemik 
parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana shunday tadbirlar samarasidir‖
2

Darhaqiqat, 1997 yilda 1sonli yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot institutida yangi 
laboratoriyaning tashkil qilinishi O‗zbekistonda (gippotit) odam organizmida sariq kasalligining 
nafaqat A va V virusi, balki S, D, E viruslarini aniqlash imkonini yaratdi. ―‖ ―Sog‗liqni saqlash 
tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‗ta og‗ir yuqumli kasalliklarga barham berish 
hamda ularni kamaytirish borasida qat‘iy choralar ko‗rildi. Onalar o‗limi darajasi 2 baravardan 
ko‗proq, bolalar o‗limi 3 baravar kamaydi....odamlarning o‗rtacha umr ko‗rishi 67 yoshdan 73 
yoshgacha, ayollarning umr ko‗rishi esa 75 yoshgacha oshdi‖
1
. Zamonaviy diagnostika 
texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishning yo‗lga qo‗yilishi, surunkali sariq 
kasalligining oqibati bo‗lmish jigar serrozining kamayishiga va aholining umumiy 
umrguzaronligini oshishiga olib keldi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish