Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog„liq muammolar ya‟ni
demografiya muammosi, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma‘naviyat
masalalari va shu kabilardir.
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma‘lum darajada shartli xususiyat
kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog‗liq bo‗ladi. SHu sababli har qanday
tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta
tuzishning global muammolar o‗zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko‗maklashadigan
usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug‗dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha
tavsif beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |