Uslubiy majmua


Urush va tinchlik muammosi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   359
Bog'liq
falsafa

Urush va tinchlik muammosi
. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi 
hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam 
tinchlikni ta‘minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb 
e‘tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‗lsa-da, XX 
asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o‗lish yo qolish?» degan 
mudhish savolni qo‗yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo‗lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‗q qilish imkoniyatini 
yaratgan yadro quroli paydo bo‗lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima 
va Nagasaki) ilk bor qo‗llanilgan paytdan e‘tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining 
barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub 
o‗zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e‘tiboran 
nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o‗lishi mumkin bo‗lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi 
vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o‗lsa, uning o‗rnini doim boshqa bir 
individ egallaydi. Individning o‗limi hayotning davom etishiga to‗siq bo‗la olmaydi. Ammo 
butun insoniyat o‗lsa-chi?..»
53
.
1940-yillarning oxirida ta‘riflangan bu masala vaqt o‗tishi bilan ayniqsa muhim ahamiyat 
kasb etdi. Atom bombasi paydo bo‗lishi bilan «qiyomat-qoyim» xom-xayol bo‗lmay qoldi. 
O‗sha davrda yangi ixtironing butun xavfini ko‗pchilik hali tushunmagan, ayrim faylasuflar va 
olimlar yadro urushi tahdid solayotgan sharoitda odamlar o‗zining o‗zgargan holatini anglab 
etishlari va insoniyat halok bo‗lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan 
foydalanishlari lozimligi haqida ogohlantirgan edi.
Albatta, o‗zini o‗zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bo‗lgani yo‗q. 
YAdro qurolini yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlash uchun etarli miqdorda jamg‗arish 
uchun vaqt, juda katta moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar, shuningdek jahonning turli 
mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar va ishchilar ko‗p millionli armiyasining kuch-g‗ayrati 
talab etildi. Ammo birinchi yadro portlashlaridan so‗ng yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini 
jahon hamjamiyatining keng davralari anglab etishi uchun ham qariyb 30 yil vaqt o‗tishi kerak 
bo‗ldi.
AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda ish olib borgan olimlar ikki 
jamoasi tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo‗lgan «yadro qishi» konsepsiyasi paydo 
bo‗lgan 1980-yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro quroli yaratilishi, shuningdek global 
muammolar paydo bo‗lishi bilan u o‗zining avvalgi «umrboqiyligi»ni yo‗qotganini uzil-kesil 
anglab etdi.
Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur 
konsepsiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, jahonda Erdagi hayotni butunlay yo‗q qilish 
uchun etarli miqdorda yadro zaryadlari to‗plangan. Ular portlatilgan taqdirda to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
shikastlantiruvchi ta‘sirdan tashqari havoga son-sanoqsiz miqdorda chang, tutun va kul 
ko‗tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni quyosh nurlaridan butunlay to‗sib qo‗yadi. Bu 
atmosfera va Er yuzasining temperaturasi keskin pasayishiga sabab bo‗ladi va uni muz bosishiga 
olib keladi. «YAdro qishi» konsepsiyasi odamlarni ular yangi xavf darajasini anglab etishga va 
sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh yoqasidan 
uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzil-kesil mahrum qildi.
53
П. Тейяр де Шарден. Феномен человека. – М.: 1987. – С.216. 


120 
7-mavzu.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish