Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   359
Bog'liq
falsafa

Global muammolar
butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan 
qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo‗shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson 
faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
SHunday qilib, global muammolar to‗g‗risida so‗z yuritilganda butun sayyora nazarda 
tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar 
soni va ularning miqyosi ko‗rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, 
dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki 
mintaqa – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. 
Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini o‗rganishda esa, mintaqalar 
soni ko‗payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.
Bunda shuni qayd etish lozimki, har qanday muammo sayyoraning istalgan mintaqasiga 
nisbatan muhim sanalgan, ya‘ni ularning har birida namoyon bo‗lgan holdagina global deb 
hisoblanishi mumkin. Aks holda bir yoki bir necha mintaqalarning muammolari (yoki bundan 
ham kichikroq miqyosdagi muammolar) to‗g‗risida so‗z yuritiladi.
Bundan barcha global muammolar ayni vaqtda mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, 
lekin mintaqaviy darajada aniqlangan barcha muammolar ham global bo‗lavermaydi, degan 
xulosa kelib chiqadi. O‗z-o‗zidan ravshanki, global muammolar soni kamroq bo‗ladi. Boshqa 
darajalarga kelsak, global muammolar bevosita mahalliy yoki xususiy ko‗rinishga ega 
bo‗lmasligi yoki bu erda uncha sezilmasligi mumkin.


113 
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof muhit ifloslanadigan asosiy markazlari 
va manbalaridan ancha uzoqda joylashgan boshqa burchaklarida havo yoki suv havzalarining 
holati qoniqarli bo‗lishi, tabiiy muhitga antropogen ta‘sir esa deyarli sezilmasligi mumkin. 
SHunga qaramay bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga antropogen ta‘sirning notekisligiga bog‗liq 
bo‗ladigan ekologik muammoning global xususiyatiga shak-shubha tug‗dirmaydi. O‗z navbatida, 
barcha mahalliy yoki xususiy muammolar global muammolar bilan bog‗lanavermaydi, zero 
ularning soni taqqoslab bo‗lmaydigan darajada ko‗proqdir.
Keltirilgan mulohaza global va mintaqaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, amaliy 
jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar o‗z miqyosida 
o‗zgarmaydigan yagona tizim – butun sayyoraga tegishlidir. SHu sababli mazkur tizim uchun 
ularning soni ma‘lum tarixiy bosqichda muayyan hisoblanadi. Ayni vaqtda boshqa darajadagi 
muammolar sonining aniq hisobini yuritish mumkin emas, zero mintaqalarning va turli 
hududlarning chegaralari tadqiqotning maqsad va vazifalariga qarab shartli olinadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish