Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   359
Bog'liq
falsafa

SHarq falsafasida inson.
Qadimgi SHarq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan 
sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo„lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy 
bog„liq deb qaraladi. 
«Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‗rtasida, oila, jamiyat, davlatda 
rioya qilish inson hayotining muhim ma‘nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan 
me‘yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat 
yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‗z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan 
o‗lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun 
o‗zini kamol toptirishi lozim. SHu ma‘noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 
551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‗lib, u shunday deb saboq beradi: 
«qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‗rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring 
(axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‗nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‗lsa, qalb 
rostgo‗y va samimiy bo‗ladi. qalb rostgo‗y va samimiy bo‗lsa, inson to‗g‗ri yo‗lga kiradi, kamol 
topadi. Inson to‗g‗ri yo‗lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‗rnatiladi. Oilada tartib hukm 
sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-
totuv yashaydi»
1
.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o„ringa qo„yish, ya‟ni 
antropotsentrizm xosdir
. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining 
pirovard maqsadi deb e‘lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday 
mayllar yo‗qoladi va ichki uyg‗unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram 
emaslik tuyg‗usi paydo bo‗ladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta‟limoti – jaynizm nuqtai nazaridan 
inson o„zining ma‟naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga 
erishish uchun uzoq va og„ir yo„l – jonning erkinlashuvi yo„lini bosib o„tishi lozim. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi
. Jumladan 
al-Forobiy fikricha ―Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib 
turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- 
boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o‗ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq 
etish, ya‘ni joriy qilishga qobil emas‖
48
. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch 
ta‘sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‗lib, o‗z mohiyati, Birinchi va 
ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam 
imkoniyatlarining tashqi voqealarga ta‘sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy 
ta‘biri bilan ―moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga ko‗tariladi va uning faol 
aqlga munosabati quyosh bilan ko‗zni solishtirlandek bo‗ladi‖
48
. Agar quyosh bo‗lmasa, inson 
narsalarni ko‗ra olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo bo‗lganidan keyin, aqliy quvvat 
faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya‘ni aqlli mavjudod. YUsuf Xos Xojib fikricha inson 
dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining 
qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda 
qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan o‗tgandan so‗ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri 


99 
yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji boricha o‗zidan yaxshi nom qoldirishi, 
yaxshi olqish olishi lozim deb ta‘kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band 
bo‗lgan SHarq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga 
nisbatan G‗arb falsafasidagidan o‗zgacha yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri 
S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‗ziga bo‗ysundirish uchun tug‗iladi va 
bu o‗rinlidir, ammo G‗arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi 
tabiat o‗zining barcha tog‗lari, okeanlari, daryolari, o‗zining cheksiz kuchlari, cheksiz rang-
barangligi bilan juda ulug‗vor, lekin undan ham ulug‗vorroq dunyo borki, bu insonning ichki 
dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, er va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji 
hayotlarimizning tor chegarasiga sig‗maydigan dunyodir. G‗arb odami tashqi dunyoda 
«o‗ziniki» bo‗lganidek, bu ichki dunyoda SHarq odami ham xuddi shunday «o‗ziniki»dir. SHu 
bois... G‗arb ma‘naviy dunyo nima ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini 
bilmoqchi, dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini anglab etmoqchi bo‗lsa, u SHarq 
oyoqlari ostiga cho‗kib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir ma‘lum ma‘naviy 
uyg‗onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni SHarqdan oladi»
48
.
.. 
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar odamlar o‗z 
holiga qo‗yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo ne‘matini qo‗lga kiritish kamdan 
–kam kishiga muyassar bo‗ladi. Xayr va shayorr oralig‗ida qolib, har ikkisidan birini tanlash 
lozim bo‗lganida, unda sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik ko‗proq. 
Adolatsizlik va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. SHuning uchun jamiyatda 
kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun ma‘xrifatga erishmoq zarur
Keltirilgan so‗zlar nafaqat teran ma‘noga ega, balki hozirgi dunyoning globallashuvi va 
yagona insoniyatning shakllanishi nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish