97
mushkul, balki echib bo‗lmaydigan, ba‘zi bir hollarda esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi,
chunki ular xususida mavjud bilimlar shu qadar oz, yuzaki va muammolarga to‗laki, bunday
bilimlarga asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o‗zining
ishonchlilik darajasiga ko‗ra taxminiy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Ammo fan o‗z kuchini yo‗qotgan, yoki, hali kuchga to‗lmagan joyda aniq ta‘riflar, bir
xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o‗zini
erkin his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada o‗z ifodasini topadi.
Falsafa «boqiy» masalalarni o‗rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim
qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil echimlar va shak-shubhasiz javoblar
olishga da‘vogarlik qilmaydi. Sinovdan o‗tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo‗qligi
uni xijolatga solmaydi, zero falsafa intuitsiya, g‗oyibona ta‘sir, ilhom, mantiqiy kuchga
asoslangan farazlar, taxminlar, to‗ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va
shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy echimga ega bo‗lmagan
narsa yoki hodisani o‗zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. SHu tariqa falsafa
insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko‗taradi, balki yangi
muammolarni qo‗yish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, o‗zgacha nuqtai nazarlar va
eng muhimi – eski muammolarning yangicha talqinlari bilan boyitadi.
SHu ma‘noda S.SHeroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hech
ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi
48
. Dunyoga
keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim
48
.
SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog‗liq
murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‗laroq, fanda
bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan,
«abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‗la bir fikrlilik hukm suradi:
hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas.
Ammo fandan farqli o‗laroq, falsafaning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday
hodisani o‗rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‗ljallar tizimidan tashkil
topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning
hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‗ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi
ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki
ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‗lgan tegishli munosabati, uning umumiy va
xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
SHunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an‘anasi uzoq vaqt hukm surgan
fandan farqli o‗laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni
ilgari suradi, ayni bir hodisalar va ob‘ektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni
ta‘riflaydi. Insonni tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko‗pligi ayni shu hol
bilan izohlanadi. Bu konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o‗z
individual borlig‗idagi muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat
bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: