104
taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‗lgan birinchi jiddiy urinish deb
hisoblash mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‗olib chiqadi, kuchsizlar esa halok
bo‗lishga mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni
geometrik progressiya bo‗yicha ko‗payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa faqat arifmetik
progressiya bo‗yicha o‗sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va
boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini
ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish
vositalari sifatida qaraydi.
Demografik muammolarning echilmagani, shuningdek ular XX asrda yanada keskinroq
tus olishi shunga sabab bo‗ldiki, Maltus g‗oyalari neomaltuzchilar deb nomlangan o‗z
davomchilarini topdi va topishda davom etmoqda.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy tanlanish
haqidagi ta‘limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, balki uning mohiyatini,
pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar tabiatini tushuntirishga harakat qilgan
sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda bu yo‗nalishni odamlarga ham, hayvonlarga
ham teng darajada xos bo‗lgan irsiyatga urg‗u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda.
Sotsiobiologlar fikriga ko‗ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan
belgilanadi va hech kim o‗z irsiyati ta‘sirini – u xoh yaxshi bo‗lsin, xoh yomon – engishga qodir
emas.
Inson tabiati xususida shunga o‗xshash qarashlarga ayrim odamlarning boshqa
odamlardan ustunligini faqat ularning «oliy» yoki «past» irqqa mansublik belgisiga ko‗ra e‘lon
qiluvchi irqchilik konsepsiyalarida ham duch kelish mumkin. Bu, xususan, «irqiy tozalik» uchun
kurash olib borgan va «irqiy tanlanish»ni amalga oshirish g‗oyasini faol ilgari surgan fashistik
mafkurada ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Mazkur g‗oyalar zamirida asosan XIX asr oxiri –
XX asr boshlarida keng tarqalgan «inson irsiyatining oliy sifati»ga qanday vositalar bilan va qay
tarzda erishish mumkinligi haqidagi ta‘limot – evgenika yotadi.
XX asr boshlarida bu ta‘limot shu darajada keng tarqaldiki, ayrim mamlakatlarda davlat
siyosati bilan uzviy bog‗landi. Xususan, 1920-1930-yillarda Daniya, SHvetsiya va Norvegiyada
jamiyatda tabiiy tanlanishni ijtimoiy mustahkamlovchi irqiy qonunlar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: