Pedagogika kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

“Zumar” surasi, 18-oyat
). 
Mana shu oyatda Alloh musulmonlarni barcha gaplarni eshitib, tushunib, 
so‘ngra yaxshisiga ergashishga buyuradi. Alloh shunday qilganlarni ilohiy 
hidoyatga erishganlar va o‘tkir aql egalari, deb ataydi. 
Aslida ilm degani ishlarni aql yordamida bajarishga aytiladi. Aql esa, 
uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qur’on barcha ishlarda aqlni 
ishlatishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlarni qattiq tanqid qiladi. Qur’onda aqlga 
taalluqli so‘zlar 50 marta ishlatilgan. Aql egalarining so‘zi esa 10 martadan 
ko‘proq ishlatilgan. Shuning o‘zi ham Qur’on aqlga katta e’tibor berganini 
dalililidir. Qur’on aqlning ulkan ne’mat ekanligini bayon qiladi: “Albatta bu 
narsalarda aqlli kishilar uchun belgilar bor” (
“Ra’d” surasi, 4-oyat
). “Biz 
oyatlarni aqlli kishilar uchun bayon qilib qo‘ydik. Aqlni ishlatmaydilarmi” 
(
“Baqara” surasi, 76-oyat
) va hokazo. 
Boshqa oyatlarda esa, aqlni ishlatmaganlarni ayblaydi: “Allohning huzurida 
eng yomon jonzotlar kar-soqov, aqlni ishlatmaydiganlaridir” (
“Anfol” surasi, 22-
oyat
). “Sen ularning ko‘plari eshitadilar va aql ishlatadilar, deb hisoblaysanmi. 
Ular xuddi hayvonlarga o‘xshaydilar, balki hayvonlardan ham battardurlar” 
(
“Furqon” surasi, 34-oyat
). 


242 
Boshqa bir oyatda aqlni ishlatmaslik oxirat azobiga sabab bo‘lganligini 
eslatadi: «Ular (do‘zaxilar) agar eshitganimizda va aql ishlatganimizda 
do‘zaxilardan bo‘lmas edik, deyishadi» (
«Mulk» surasi, 10-oyat
). 
Mana shu narsalarning barchasi Islomdan aql va aqliy tarbiyaning naqadar 
ulkan baholanishini ko‘rsatadi. 
Ilmning asoslaridan biri shuki, tabiiy haqiqatlar o‘zgarmasdir. Ishonchli dalil 
bilan sobit bo‘lgan haqiqat barcha vaqtlarda haqiqatligicha qolaveradi. Bu narsa 
Qur’onda shunday ta’kidlab o‘tilgan: “Avvalgilarning qilganlariga qaramaydilar-
mi, Allohning qilgan ishlariga hech qachon o‘zgarish topa olmaysan. Allohning 
qilgan ishlarini hech qachon boshqachasiga aylantir-ganini ham topa olmaysan”
(
“Fotir” surasi, 43-oyat
). 
Boshqa bir oyatda “Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmay-di” deyilgan 
(
“Rum” surasi, 30-oyat
). 
Bu oyatlarda tabiiy qonunlar va Alohning qilgan ishlari o‘zgarmasdan o‘z 
holiga sobit qolajagi ochiq-oydin aytilgan. 
Biror narsani atroflicha o‘rganish Qur’on buyurgan ilmiy asoslardan biridir. 
Qur’on oyatlarida bir narsani atroflicha o‘rganish uchun ko‘z, quloq, xususan aqlni 
ishlatib oldinga suriladi. «Ankabut» surasida shunday deyilgan: «Er yuzida yurib, 
maxluqotlar qanday yaratilganligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ringlar» (
20-oyat
). 
Shunga o‘xshash oyatlar Qur’onning boshqa suralarida ham ko‘plab uchraydi. 
Ularning umumiy ma’nosidan ma’lum bo‘ladiki, inson onadan tug‘ilganidan 
so‘ng ko‘rish, eshitish va aqlni ishlatish orqali ilm hosil qiladi. 
Qur’on oyatlarida tabiiy ilmlarni o‘rganishga chaqiriqlar bor. “Rum”
surasida shunday deyilgan: “Osmonlarning va yerning yaratilishi Allohning 
alomatlaridandur, shuningdek, sizlarning tillaringiz, ranglaringizning turlicha 
bo‘lishida ham, albatta, olimlar uchun alomatlar bor” (
22-oyat
). “Fotir” surasida 
esa: “Ko‘rmaysanmi, Alloh osmondan suvni tushiribdi va u suv bilan ranglari
turlicha bo‘lgan mevalarni o‘stiribdi. Shuningdek, tog‘larning ham rangi
turlichadir – oq, qora, qizil. Odamlar, jonzotlar va uy hayvonlarining ham ranglari 
turlicha. Albatta, olim bandalar Allohdan qo‘rqadi” (
27-28-oyatlar
). 
Bu oyatlarda zikr qilingan “Olimlar”dan murod, Alloh yer yuzida yaratgan 
mahluqotlarning sir-asrorlarini biluvchi shaxsdir. Bu oyatlarning mavzui ham 
tabiiy ilmlardir. Chunki tabiiy ilmlar borliqdagi narsalarni va ularning
xususiyatini o‘rganadi. Avvalgi oyatda aytib o‘tilgan “osmondan suv tushirish 
sirini” faqat tabiiy ilm orqali bilinadi. Bu so‘zning tarkibini va xususiyatlarini
kimyo ilmi orqali bilinadi. Shu suv sababli o‘sib chiqqan o‘simliklar va 
mevalarning sirini esa tabiyot ilmi tushuntiradi. Tog‘lar va ulardagi oq, qizil, qora 
turlarin jug‘rofiya o‘rganadi. Inson jinslarini va hayvonot olamini esa, 
antropologiya, zoologiya, biologiya o‘rganadi. Oyatning oxridagi “Albatta olim 
bandalargina Allohdan qo‘rqadi” degan jumlaga nazar solsak, unda Allohni 
haqiqiy tan olib, unda haqiqatan qo‘rqadigan kishilar, tabiiy ilmlarni yaxshi
biluvchi kishilar ekanligini tushunamiz. Chunki bunday olimlar agar imonli
bo‘lsalar, ularning ilmi Allohdan qo‘rqishga chorlaydi. 
Qur’on oyatlarida insonni o‘ziga nazar solish va qanday vujudga kelganini 
tafakkur qilishga da’vat bor: “Inson nimadan yaratilganligiga nazar solsin, u bir 


243 
otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir, bu suv sulbdan (orqa umurtqa suyak) va
taroibdan (ko‘krak suyagi) chiqadi” (
“Tortiq” surasi, 5-7-oyat
). 
Vujudga kelishning asliga nazar solish orqali inson biologiya ilmiga 
yetishadi, bu ilm esa, unga inson bir xujayradan rivojlanib borib, o‘zining to‘liq 
inson bo‘lib yaratilganicha bosib o‘tadigan bosqichlarining sir-asrorlarini 
bildiradi. 
Qur’onda insonni o‘z nafsi haqida fikr yuritishga chaqiruvchi oyatlar bor: “Va 
o‘z nafsingizda ham alomatlar bor, bularni ko‘rmaysizmi” (
“Zariyot” surasi, 21-
oyat
). O‘z nafsiga nazar solish orqali psixologiya ilmiga yetib boriladi. Bu 
psixologiya ilmi esa, insondagi his-tuyg‘ular, sezgi – hayajonlar va boshqa 
ko‘pgina holatlarni o‘rganadi. 
Qur’on musulmon kishining ko‘z oldida turgan mavjudotlarni o‘rganishga 
chaqiribgina qolmay, avvalgi o‘tgan halqlarning tarixi, ularning obodonchilik 
yo‘lida olib borgan ishlari, havoyi-nafsga berilib, oqibatda halokatga 
uchraganlarini ham o‘rganshiga undagan. “Rum” surasida shunday deyilgan: “Er 
yuzida yurib o‘zlaridan avval o‘tganlarning oqibati nima bo‘lganiga nazar 
solmaydilarmi. O‘tganlar bulardan ko‘ra quvvatliroq edilar, yer yuzida asar 
qoldirgan edilar, bulardan ko‘ra yer yuzini ko‘proq obod qilgan edilar va ularga 
payg‘ambarlari ochiq-oydin xabarlar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmoqchi 
emas edi, lekin ular o‘zlariga – o‘zlari zulm qildilar”. (
9-oyat
). 
Qarang, bir xalqqa shunday ta’limotlar kelibdi. Unda o‘tgan ummatlarning 
taraqqiyot, obodonchiligi, yuz tuban ketishi va harob bo‘lishi sabablarini
o‘rganishga chaqiriq bor ekan. Bu chaqiriq tarix va sotsiologiya ilmini o‘rganishga 
chaqiriq emasmi?
49

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish