xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan
sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar
hamda ijtimoiy infratuzilma
ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va
shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim
imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari
I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya
etiladi.
SHuningdek, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining 2007 yil yakunlariga
bag‘ishlangan ma’ruzasida o‘tgan yilda davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish sohasidagi yondashuvlar tubdan qayta ko‘rib chiqilgani,
korxonalar kapitalida davlat ishtirokini keskin kamaytirish bo‘yicha qarorlar qabul
qilinganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ayni vaqtda davlat mulkini baholash va keyinchalik
xususiy mulk sifatida
sotishni tartibga soladigan me’yoriy bazani erkinlashtirish yuzasidan ishlar olib
borilayotgani, davlat mulkini investitsiya kiritish va boshqa majburiyatlar asosida
sotish uchun xorijiy va mamlakatimiz investorlari bilan tuzilgan shartnomalarning
umumiy qiymati 3-4 barobar ko‘payib, 310 million dollar hamda 57 milliard so‘mni
tashkil etgani, jami tushumlarning 65 foizdan ortig‘i xususiylashtirilayotgan
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganligi qayd
etildi.
«Davlat ob’ektlarini xususiylashtirishda biz uchun eng asosiy tamoyil, – deb
ta’kidladi I.A.Karimov, – bu ishning ko‘zini biladigan, omilkor mulkdorlarni jalb
etish,
korxonalarni xaqiqiy egasiga, xususiylashtirilgan zavod yoki fabrikani
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida raqobatga
bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qodir bo‘lgan mohir
menejerlarga topshirish kerak.
…SHunday natijaga erishishimiz kerakki, bizning pirovard maqsadimiz amalga
oshsin – barcha korxonalarni o‘z ishi uchun qayg‘uradigan haqiqiy mulkdorlar,
haqiqiy mulk egalari boshqarsin».
Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori
bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashi inkor qilmaydi. CHunki iqtisodiyotning
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga
tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
84
Birinchi Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida
ta’kidlanishicha, mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan
sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar
ko‘rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Bunday korxonalar soni bugungi kunda 200 tadan oshib,
ularning
aksariyati engil va oziq-ovqat sanoati sohasida saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu
sohalarda tez o‘zgaruvchan bozor talabi texnika va texnologiyani uzog‘i bilan 5-7
yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan ham qisqa muddatlarda o‘zgartirishni
talab etadi. Bunday vaziyatni mazkur korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo‘li
bilan tubdan o‘zgartirish darkor.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008 yil 18-
noyabrdagi PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘zda
tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish,
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat
banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim
hisoblanadi.
Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat
banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko‘zda
tutilgan:
1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini
bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish;
2) bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va
tegishli majburiyatni o‘z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish;
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda
investitsion majburiyat sharti bilan sotish.
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish
hamda yangi xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini
sezilarli darajada
tezlashtiradi.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida
ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar,
jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy
ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks etadi. Agar
mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o‘zlashtirish va foydalanish
borasida sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy
mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav
fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va
85
xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga
qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: