Modernizatsiyalash
– jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish,
yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va
takomillashtirish jarayonlarining majmui.
Mulkchilik munosabatlari
– mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni
o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish
– mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol
qilinishi.
Mulkni tasarruf etish
– mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish
– mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib
turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.
Mulk ob’ektlari
– mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari
– mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |