Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari
5A630104-“Oqova suvlarni tozalash va suv resurslarini muxofaza qilish”
magistratura mutaxassisligi hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy
Osiyoning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan Orol dengizi masalasi va uni
ekologik oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq.
Ushbu mutaxassislarni tayorlashdan asosiy maqsad: suv ta’minoti,
kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
bo‘yicha hisobot ishlarini bajarish, inshootlar va konstruksiyalarni tanlash, ularni
loyihalash va hisob chizma ishlari asosida inshootlarni qurish va ulardan
foydalanishni o‘rganish; Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida inshootlarni
qurish jarayonida inshootlar elementlari bilan bog‘lashni bilish va barcha
ko‘rsatkich va o‘lchamlarini loyihaga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha bilim va
malakasini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |