. -g’an/-gәn (-qan/-kәn) affiksli sifatdosh eski o’zbek
tilining barcha davrlari uchun xarakterli bo’lgan va faol qo’llangan.
Qo’llanishi, ma’no va funksiyalari:
1. Atributiv pozitsiyada qo’llanib, aniqlovchini ifodalaydi. Aniqlovchi vazifasida
kelgan
–g’an/-gәn affiksli sifatdosh atributiv o’ram tashkil etadi va ular gap
transformatsiyasida bo’lishi mumkin:
a) ega+kesimdan iborat o’ramlarda
–g’an/-gәn affiksli sifatdosh predikativ
birikmani tashkil etadi:
C H e r i k t u s h k ә n yergә keldilәr (QR) .
Jumlamыz rāzimiz bu ikki ulug’ыm ы z s ө z l ә g ә n sөzgә (NF). b) so’z birikmasi qolipida bo’ladi:
Rast sөzlәg ә n x a t u n l a r burch qыlsalar,... (TF) .
V a f a qыlg’an k i s h i l ә r g ә vafa qыl (MN) ;
2.
-g’an/-gәn affiksli sifatdosh otlashadi va ot bajaradigan sintaktik
funksiyaslarda qo’llanadi:
Bu yaratыlg’an sizlәrdә bolsa,... (QR) .
Meni yamanlag’an halak boldы (NF) .
Seni kөrgәn өzindin yat bolur (MN) .
Otlashgan
-g’an/-gәn affiksli sifatdosh otga xos grammatik belgilarga ega
bo’ladi va shunga muvofiq har xil sintaktik funksiyalarni bajaradi:
a)
-lar/-lәr ko’plik affiksini oladi: A
nың birlә bolg’anlar... butg’a tabыnurlardы (TF) . Q
amug’ tug’g’anlar өldi (QR) .
Yana ermәn t e g ә n l ә r zār bolg’ay (XSH) .
b) egalik affiksini oladi:
Men tamām ālыm boldum, hech b i l m ә g ә n i m qalmadы (NF) .
Bu sizniң k e l t ү r g ә n i ң i z bizgә yaramas (QR) ;
v) kelishik affikslarini oladi:
Ul sorg’anыңnы ketәrgil (NF) .
Yыqыlg’anlarg’a andыn dastgirlik yetkәy (Navoiy MQ) .
3.
–g’an/-gәn affiksli sifatdosh
uchun, soң (soңra),birlә ,
kәbi, berү kabi
ko’makchilar bilan qo’llanadi:
Suv tartqan u c h u n ijrasыn berәyin (QR) .
Bu bir qorg’annы alg’an bilә ne ish achыlg’ay(BN). 4.
–g’an/-gәn affiksli sifatdosh
-tek qo’shmchasini qabul qiladi:
Tilәb SHavur ayыtg’an-tek nishanыn //sorar shahzadanың turg’an makānn (XSH) .
Mug’anniy musiqiy ag’az qыldы//atasы torbasыnda yыg’lag’an-tek (SS) .
-mыsh/-mish affiksli sifatdosh eski o’zbek tilining barcha davrlarida faol
qo’llangan bo’lib, uning grammatik ma’no va funksiyalarining taraqqiyot davrlari
ikki bosqichga bo’linadi: birinchi bosqich XV asrdan oldingi davrlarni, ikkinchi
bosqich XV asr va undan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi.
1. O’zbek tilining oldingi davrlarida –
mыsh/-mish affiksli sifatdosh
formasining qadimgi grammatik ma’nolari va funksiyalari saqlangan, ya’ni:
a) predmetning harakat belgisini ko’rsatib, aniqlovchi vazifasida keladi:
Kelmish yollarыna yandыlar (Taf.). Bu qilmыsh ish birlә biz zalimlardыn bolur- miz (QR); b) egalik affikslarini qabul qiladi:
Agar bu aymыshың sөz rast ersә,..(Taf.). v) kelishik affikslari bilan qo’llanib, gapning ikkinchi darajali bo’laklarini
ifodalaydi:
Eshitkil bu g’azalda ishlәridin// Muhammad xoja beg aymыshlarыdыn (MN). SHam’un bulardыn qachmыshda suvsamыsh erdi (QR). 2. O’zbek tilining XV asr va undan keyingi taraqqiyot davrlarida
–mыsh/- mish affiksli sifatdoshning grammatik ma’nolari va funksiyalari chegaralangan
bo’lib, uning asosan o’tgan zamon fe’li sifatida qo’llanishi davom etgan.