58
Reja:
1.
Eski o’zbek tilida ko’makchilar.
2.
Bog’lovchilar.
3.
YUklamalar.
4.
Modal so’zlar.
Ko’makchilar.
Eski o’zbek tilida qo’llanishda bo’lgan ko’makchilar
xuddi
hozirgi o’zbek
tilidagidek, ikki guruhga bo’linadi:
a)
sof ko’makchilar; b)
funksional ko’makchilar.
Sof ko’makchilar.
Eski o’zbek tilida quyidagi sof ko’makchilar iste’molda
bo’lgan:
yochүn.
Bu ko’makchi bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llangan.
Quyidagi
ma’nolarni ifodalaydi:
a) atalganlikni bildiradi:
Bu hikāyat el үchүndүr barы// bu rivayat el
үchүndүr barы (SHN);
b) sababni bildiradi:
Hindustandыn өzgә yerdә bolmas үchүn munы taqrыb
bilә zikr qыldыm (BN);
v) maqsadni bildiradi:
Ilm tahsili үchүn shahrg’a kelibtүr (Navoiy,MN).
Birlә (birlәn // bilә // bilәn).
Bu ko’makchi dastlab
birlә
formasida qo’llangan
bo’lib, qolgan formalari keyinchalik vujudga kelgan. Quyidagi ma’nolarni
bildiradi:
a)
birgalik ma’nosini:
Besh yүz er birlә atlanur boldы (QR).
b) vosita ma’nosini:
Butlarыna nayzanың uchi birlәn sanchdыlar (SH.tar.)
v) holat, sabab ma’nosini:
Yetmish yыl boldы ne’mat birlә umr kechүrdүm
(QR)
g) payt ma’nosini:
Bir manzilga tunlә birlә yettilәr (Tafsir).
Kibi/kәbi.
Bu ko’makchi o’xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi:
Qыlay
Majnun kibi kөңlүmni xāli (Navoiy FSH). Өzgә xānlar kibi majlis qurmas (SHN).
Bikin.
Bu ko’makchi XIV-XV asrlarga oid yodgorliklarda uchraydi.
YUqoridagi ko’makchi kabi o’xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi:
Tөkүlgәy āxiri andыn qan yer үzrә suv bikin qanыm (Lutfiy).
Yaңlыg’ (yaңlыq).
Bu ko’makchi ham o’xshatish, qiyoslash ma’nolarin
ifodalaydi:
G’uncha yaңlыg’ chāk bolmag’an giribān qalmadы (Sakkokiy).
Uzrә (uzә).
Asosan she’riy asarlarda qo’llangan. Ish-harakatning biror narsa-
predmet ustida, yuzasida bo’lishini ko’rsatadi:
Sunbul gul uzә saya salыbdur-mu
yāxud// har yan achыlыbdur-mu yүzүң uzә kulāla? (Munis).
Ichre
ko’makchisi ish-harakatning biror narsa-predmet ichida sodir bo’lishini
ko’rsatadi:
CHāra budur ki, kөhisār ichrә// vatan etkәy qarang’u g’ar ichrә
(Navoiy SS).
Sarы
ko’makchisining yozma manbalarda aks
etishi XIII-XIV asrlardan
boshlab kuzatiladi. Bu ko’makchi ish-harakatning yo’nalishini ko’rsatadi:
Anың-
dek urdi yүz shahzāda sarы//ki sarsar savsanы āzāda sarы (Navoiy FSH).
59
Taba, tabaru.
Bu ko’makchi XV asrgacha iste’molda bo’lgan, ish-
harakatning yo’nalishini bildiradi:
Falastin taba barur boldыlar ersә, yolda
ajāyibātlar kөrdilәr (QR).
Tegi
ko’makchisi XV asrgacha bo’lgan
yodgorliklarda uchraydi, ish-
harakatning payt yoki o’ringa nisbatan chegarasini bildiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: