61
Yāxud.
Qo’llanishi va ma’nosi bo’yicha
yā
bog’lovchisiga o’xshaydi:
Sunbul
gul uzә saya salыbdur-mu yāxud//har yan achыlыbdur-mu yүzүң үzrә kulāla
(Munis
).
Gāh.
Bu bog’lovchi ko’proq takrorlanib qo’llanadi:
Gāh sachыn silәr edi,
gāh yүzin// gāh qashыn saylar edi, gāh kөzin (SHN).
Zidlov bog’lovchilar.
Ular quyidagicha bo’lgan:
Ammā: Xob aytыb edi, ammā men rāzi bolmadыm
(BN).
Lekin:
Atlanыb yol sarы māyil boldы// lekin
ul shahr cherikidin toldы
(SHN).
Lek:
Yardыn өzgә harna deb māni//eshitib, lek aңlamay anы (Navoiy, SS).
Valekin:
Seniң ishqыңda Xārazmiy yoqaldы// valekin yer yүzindә atы qaldы
(MN).
Valek:
Qazar-men uyla ki Farhād dard-u g’am tāg’ыn// valek tыrnag’ыm
oldы qazarda teshә maңa (Munis).
Vale:
Barcha tapыlur bizgә, vale yar tapыlmas (Lutfiy).
Eski o’zbek tilida ham
ne
inkor yuklamasi qo’llangan:
Ne keyin yanыb, ne
ilgәri yүrүb, sөzni bir yergә qoyalmay kelүrlәr (BN).
Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Eski o’zbek tilida
quyidagi ergashtiruvchi
bog’lovchilar qo’llangan:
Kim:
Ul tag’larda rasmdurkim, tashlarda abyāt bitib qazurlar (BN). Xān
hukm qыldыkim, hech kim mendin qalmasun teb (SH.tar.).
Ki:
Andaq xatun ne yerdin tapыlurki, kelib anaңnың ornыn tutqay (SH.tar.).
Agar:
Agar kishi padshah yasag’lыqdur, ishi ilgәri barurы ināyatqa
bag’lыqdur (Navoiy, MQ).
Agarchi:
Faqir anы agarchi kөrmәy-men, ammā Mavlānā Muhammad
Badaxshāniydin eshitmish-men (Navoiy, MN).
Agarchand, garchand:
Qayu shahridakim bolsa hunarmand//
hama keldi,
yыraq erdi garchand (Furqat).
Harchand:
Harchand sa’y qыldыkim, Astrābadnы inisigә bermәkkә rizā
bolmadы (BN).
CHun, chu:
Umid ulkim, chun darvish kishi erdi, ba’zi mustajāb bolmыsh
bolg’ay (Navoiy, MN).
CHunkim, chunki:
Vasli hajrыn qыssasыn bir kun saңa sharh әylәgәy//
chunki vāqifdur meniң yaxshы-yamanыmdыn kөңүl (Atoiy).
Tā:
Yaxshыlarыnы tutub өltүrsүn, tā yamanlarы hukmga boyun qoyg’ay tedi
(SH.tar.).
Tāki:
Boldыlar dushman anың xanыg’a// tāki kirgәylәr anың qanыg’a
(SHN).
Teb/deb
: Ul og’lan ag’ach ichindә tug’dы teb, ātыn qыpchaq qoydыlar
(SH.tar.).
YUklamalar.
Eski o’zbek tilida quyidagi yuklamalar qo’llanishda bo’lgan:
-mu:
SHayx janabi muridg’a ayttыkim, senda hech ma’lum bar-mu? (Navoiy,
MQ).
-oq:
Sahar-oq qal’a uzә mindilәr (SHN).
62
-
la:
Toynы tashlab keledur-la og’luң// g’amnы tashlab kelәdүr-la og’luң
(SHN).
-g’ыna/-ginә:
Bug’ыna masalnы yaxshыg’ыna bag’lag’an
uchun umid
ulkim,..(Navoiy, MN).
Modal so’zlar.
Ma’lumki, modal so’zlar so’zlovchining aytilayotgan fikrga
turli qo’shimcha munosabatini ifodalaydi. Eski o’zbek tilida quyidagi modal
so’zlar qo’llangan:
Magar:
Magar el anы mayparast etkәy// razini aңlag’ay chu mast etkәy
(Navoiy, SS).
Kāshki:
Yergә kirsәm kāshki, chun yetmәs ul ayg’a elik (Lutfiy).
SHāyad:
SHāyad uyqu kөzimgә mayl etkәy// andыn āsāyыshы maңa yetkәy
(Navoiy, SS).
Balki (balkim):
Derlәrkim, she’rg’a andaq mash’ufdurkim, kүndә on g’azal,
balki artuq aytur ermish (Navoiy, MN).
Mabādā:
Ki anda Avliyā xāja mabādā, otыrg’an bolsa, qыlma ashkārā
(Furqat).
Basharti:
Hech
bir sormasmu-dы, nākām davrānlar өtәr// qullarы ichrә
basharti e’tыbarыm bar erdi
(Muq.).
Bāvujudi:
Bāvujudi, bu jāmal istәr vafāsыndыn kөңүl
(Atoiy).
SHuningdek, mavjud, lozimlik, nomavjudlik va hokazolarni bildiruvchi
bar,
yoq, lāzыm, kerәk, darkār, demәk
va boshqa modal so’zlar ham faol qo’llangan.
Savol va topshiriqlar:
1.
Hozirgi o’zbek tili va eski o’zbek tilidagi ko’makchilarni qiyoslab
chiqing, ulardagi fonetik o’zgarishlarni izohlang.
2.
Bog’lovchilarni sanab ko’rsating, ularning qo’llanish xususiyatlariga
e’tibor bering.
3.
YUklamalar va modal so’zlarning ma’no va vazifalarini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: