Abuzalova M


Foydalanish uchun adabiyotlar: [30; 36; 38; 39; 48; 54]



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Foydalanish uchun adabiyotlar: [30; 36; 38; 39; 48; 54] 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Общee языкознание. (Под общ. ред. А.Е.Супруна.)– Минск: Выш. школа, 1983. – 
C.102. 


32 
TIL ~ TAFAKKUR ~ NUTQ MUNOSABATI 
 
Reja: 
1.
Til va nutqning farqlanishi. Lison va nutqni ajratishda Ferdenand de 
Sossyur ta‟limoti. 
2.
Umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) tabiatli lison (til) va 
yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (YHBO) tabiatli nutq hodisasi. 
3.Lisoniy va nutqiy birliklar haqida ma‟lumot. 
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar 
Lison va nutq farqlanishi, F.de Sossyur ta‟limoti,tilning 
psixofizik hodisa ekanligi, UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) 
YHVO (yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat) lisoniy birlikning shakily va 
ma‟noviy qiymati, lisoniy birliklar, nutqiy birliklar, fonema va tovush 
munosabati, leksema va so„z munosabati, morfema va qo„shimcha 
munosabati, qolip va hosila munosabati 
Tilshunoslik boshqa fanlardan ajratilib, o„zicha alohida mustaqil fan 
sifatida tanilgan davrlardayoq til va nutqni farqlashga e‟tibor berilgan 
edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma jihatdan ham til bilan 
nutq bir-biridan farqlanavermadi. Shuning uchun, ko„pincha, nutqqa xos 
hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib kelindi. Tilshunosligimizning 
keyingi taraqqiyotida til va nutqni farqlashga jiddiy e‟tibor berilmoqda. 
Til va nutq hodisalariga o„zaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX 
asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik tilning turli qirralarini uzviy 
tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir butunlik, bir sistema sifatida 
o„rganuvchi (XX asrning 20-yillarida shakllangan va sistem-struktur 
tilshunoslik nomi bilan mashhur bo„lgan) tilshunoslik namoyandalari 
V.Gumboldtt, 
A.Shteyntal, 
Boduen 
de 
Kurtene 
ta‟limotlarida 
uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni 
ilmiy va amaliy farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda 
qo„llash Ferdinand de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta‟limot 
bilan bog„liqdir. Lison(til) va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida 
yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida 
baholandi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan 
o„zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o„zbek tiliga sistema sifatida 


33 
yondashuvning dastlabki yillarida lison o„rnida til atamasi qo„llanilib, bu 
so„z ko„p ma‟nolilik tabiatiga ega bo„lganligi sababli, ayrim 
chalkashliklarni keltirib chiqarardi, chunki insonning nutq so„zlash 
qobiliyati ham, nutqi ham shu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa, 
odatda, bir ma‟nolilik xosdir. 
Lison 
deyilganda ma‟lum bir jamiyatning barcha a‟zolari uchun 
avvaldan tayyor holga keltirilib qo„yilgan, hamma uchun umumiy va 
majburiy fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan 
birliklar hamda bu birliklarning o„zaro birikish qonuniyatlari yig„indisi 
tushuniladi
1
. Tilning bunday talqini uning psixofizik hodisa ekanligini, u 
o„ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab(UMIS) kabi sifatlarni 
mujassamlashtirganligini isbotlaydi. Til (lison) bunday xususiyatlarini 
aniq formalarda – xususiy hodisa va voqeliklar sifatida gavdalantiradi. 
Shu nuqtayi nazardan til va nutqning har biriga xos mustaqil birliklari 
mavjud. (Keyinroq, bu birliklar haqida to„xtalib o„tamiz). 
Lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Lisoniy birlik 
ikki tomonning bir butunligidan iborat bo„ladi: 
a)
lisoniy birlikning shakily, tashqi tomoni; 
b)
lisoniy birlikning ma‟lum bir vazifasi, ma‟noviy qiymati. 
Lisoniy birlik ongda muayyan sxema, tarh, ramz sifatida saqlanadi. 
Masalan, 
[a] 
fonemasining talaffuz xususiyatlari haqida umumlashma 
tasavvur o„zbek tilida so„zlashuvchi barcha jamiyat a‟zolari tilida bir 
xildadir. Bu 
[a] 
fonemasining tashqi tomoni bo`lib, uning ichki tomonini 
ma‟no farqlash, chegaralash xususiyati tashkil etadi. Aslida ichki va 
tashqi tomonni bir-biridan ajratib bo„lmaydi, biroq ular aynan bir xil 
jihat ham emas. Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog„liq bo„lgan 


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish