Abuzalova M



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

naturalistik oqim
” vakillari sirasiga kiritildi. “
Naturalizm” 
yunoncha 
natura so„zidan olingan bo„lib, tabiiy degan ma‟noni ifodalaydi. 
Naturalizm XIX asrning ikkinchi yarmida nafaqat tilshunoslikda, balki 
adabiyot va san‟atda ham vujudga kelgan edi. Naturalizm yuqorida 
ta‟kidlab o„tilganidek, tabiiy fanlar sohasida erishilgan katta yutuqlar 
ta‟sirida maydonga keldi. Naturalizm namoyandalari, birinchi navbatda, 
fiziologiyaga tayandilar. Tilshunoslikda paydo bo„lgan “naturalistik 
oqim”ni tilning tabiati va mohiyatini faqat tabiat asosida, g„ayri 
tabiiylikdan xoli holda tushuntiruvchi universal prinsip deb tushunish 
mumkin. Tilshunoslikda bunday oqimning paydo bo„lishiga hodisa 
mohiyatining serqirraligiga yetarlicha e‟tibor qaratmaslik oqibati ham 
sabab bo„lgan. (Aslida, tilni “jonli organizm” deb ta‟riflash 
A.Shleyxergacha ham mavjud bo„lgan. Chunonchi, XVIII asrda Velgelm 
Gumboldt o„z qarashlarida tilni to„xtovsiz rivojlanib, o„zgarib boruvchi 

Darwin, Charles (1859), On the Origin of Spices by Means of Natural Selection, or the 
Preservation of Favoured Races in the Struggle for Life (1st ed.), London: John Murray. 

Шлейхер, А. Теория Дарвина в применении к науке о языке : Публ. послание д-ру Эрнсту 
Генкелю, э. о. проф. зоологии и дир. Зоол. музея при Иен. ун-те, Августа Шлейхера. СПб.: 
тип. П.А. Кулиша, 1864. 


18 
sistema, jonli organizm sifatida tushuntiradi. Ammo V.Gumboldt bu 
o„rinda “jonli organizm” tushunchasini biologik ma‟noda emas, falsafiy 
ma‟noda qo„llaydi va “til o„lik mexanizm yoki til belgilarining shuncaki 
mexanik birlashuvi emas, balki o„zgaruvchan, doimo rivojlanishdagi 
o„ziga xos qonuniyatlarga ega sistema” degan fikrni ilgari suradi.) 
Tilshunoslikning keyingi taraqqiyoti tilning ijtimoiylik tabiatiga 
yetarlicha ahamiyat bermagan A.Shleyxer nazariyasining noto„g„riligini 
isbotladi. 
Nafas olish, ko„rish, ovqat yeyish, uxlash, yig„lash, kulish, og„riq 
sezish va hokazolar insonga xos bo„lgan tabiiy-biologik xususiyatlar 
bo„lib, ular tabiat qonunlariga muvofiq ravishda davom etaveradi. 
Tabiiy-biologik xususiyatlarning yuzaga kelishi yoki yo„qolib ketishi 
uchun kishilik jamiyatining bo„lishi shart emas, faqat qulay sharoit zarur, 
xolos. So„zlashish, fikrlashish uchun esa qulay sharoitning o„zi kifoya 
emas. Bu haqda ulug„ Kaykovus bobomiz o„zining “Qobusnoma” 
kitobida shunday yozadi: “
Ey farzand, toki qila olsang, so„z eshitmakdan 
qochmag„ilkim, kishi so„z eshitmak bila suxango„ylik hosil qilur. Avvalo 
buni shundoq dalillash mumkin: agar bir o„g„lon onadan tug„ilsa, unga 
yerning ostidan bir joy qilib sut berib, ul joyda parvarish qilsalar, onasi 
va doyasi unga gapirmasalar, u o„g„lon hech kishining so„zin eshitmasa, 
ulug„ bo„lg„onda lol (soqov) bo„lur. 
Ko„rmasmusankim, barcha lollar kar bo„lurlar…..
” 
Til nasldan naslga, avloddan avlodga o„tadigan irsiy hodisa emas, 
balki jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so„zlay 
boshlashi uni o„rab turgan til muhitiga bog„liq. Chunonchi, “Oila va 
jamiyat” haftanomasining 1992-yil may oyida chiqqan 21-sonining 
birinchi sahifasida “Larisaning mulla o„g„li” sarlavhali suratli maqola 
e‟lon qilindi. Unda moskvalik Larisa ismli rus qizi Abdujabbor degan 
qashqadaryolik yigitga turmushga chiqishidan oldin butun qonuniyatlari 
bilan islom dinini qabul qilganligi, namoz o„qib, ro„za tutganligi, 
asosiysi, oila qurgach, to„ng„ich farzandi Temurxonga alla emas, 
“Qur‟oni Karim” suralarini o„qib uxlatganligi haqida batafsil ma‟lumot 
berilgan. Temurxonning birinchi aytgan so„zi “Olloh” bo„lgan va bola 
sakkiz oyligida “Lo iloha ilolloh” degan. Erta tili chiqqan bu bola bir 
yoshga to„lganda “Kalimayi tayiba” hamda “Kalimayi shahodat”ni to„liq 


19 
aytgan. Ikki yarim yoshida o„n uchta kichik surani yod bilgan va to„qqiz 
yoshida Qashqadaryo viloyati bo„yicha o„tkazilgan yosh qorilar 
musobaqasida birinchi o„rinni egallab, ko„plarni hayratga solgan. 
Yana bir misol: sho„ro hukumati davrida juda ko„p o„zbek ziyolilari 
oilasida tug„ilgan farzandlar ta‟lim-tarbiya rus tilida olib boriladigan 
bog„cha, maktab, oliy o„quv yurtlarida o„qitilar edilar. Oqibatda o„z ona 
tilida biror jumlani aytishni eplolmaydigan “o„zbek”lar paydo bo„ldi, bu 
holatni bizning davrimizda ham ahyon-ahyonda bo„lsa-da, uchratish 
mumkin.Taniqli shoir E.Vohidovning ushbu to„rtligi ham fikrimizni 
dalillaydi: 
Parvoz chog„i tayyoraning dilbar kelini 
Ko„k toqini bizga taxti Sulaymon qildi. 
Lekin e‟lon o„qiganda o„zbek tilini 
Davlat tili bo„lganiga pushaymon qildi. 
Mashhur Robinzon Kruzoni eslang. U kimsasiz orolga tushub 
qolganda uzoq yillar davomida unga tildan foydalanishga deyarli ehtiyoj 
sezilmaydi. Tilning kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko„ra sof 
ijtimoiy hodisa ekanligini isbotlovchi bunday misollarni ko„plab keltirish 
mumkin. Ammo til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi boshqa ijtimoiy 
hodisalardan farq qiladi. 
Faqat jamiyatning mavjudligi bilan bog„liq bo„lib, jamiyat uchun 
xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko„p. 
Ideologiya, bazis, ustqurma, demokratiya, pul muomalasi kabilar ham 
ijtimoiy hodisalar bo„lib, ularning jamiyatda bajaradigan vazifalarining 
o„z xususiyatlari va ma‟lum doirada qo„llanilish chegaralari bor. 
Chunonchi, ideologiya-muayyan jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
diniy, badiiy, falsafiy qarashlar va g„oyalar sistemasi; bazis jamiyatning 
iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, huquqiy, 
ideologik me‟yorlarini belgilab beruvchi hodisalardir. 
Jamiyat 
bo„lmagan joyda demokratiya, ya‟ni xalq ommasining boshqaruv 
ishlarida qatnashuvi yoki fuqarolarning siyosiy huquqlardan foydalanish 
imkoniyatlari haqida gapirish mumkin emas. Pul muomalasi haqida ham 
shunday fikrni aytish o„rinlidir. Kishilik jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumlar o„zgarib turadi. Bu o„zgarish har bir tuzumga tegishli bo„lgan 
bazis, ustqurma, ideologiya kabilarni ham yangilaydi. TIL esa na bazis, 


20 
na ustqurma, na ideologiyadir. Tilning yuqorida sanab o„tilgan ijtimoiy 
hodisalardan eng katta va asosiy farqi shundaki, til jamiyat faoliyatining 
barcha-barcha sohalariga xizmat qiladi. Til tuzumlar o„zgarishi bilan 
butkul yangilanmaydi, o„z xususiyatini, vazifasini o„zgartirmaydi. U 
kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan, sayqal 
topib borayotgan aniq-tarixiy me‟yor sifatida jamiyat a‟zolarining 
hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy fikr ifodalash vositasidir. 
Demak, tillar paydo bo„ladi, rivojlanadi, o„ladi. Ammo bu jarayonlar 
biologik hodisalar emas, balki ijtimoiy hodisalardir. Ya‟ni tilning o„lishi 
bitta shaxsning o„limiga bog„liq emas, balki butun boshli xalq, millat 
yo„qolsagina til o„ladi. 
O„z davridayoq naturalistik oqim (A.Shleyxer)ning qarashlariga 
qarshi chiqishlar b o„lgan. Avval A.Shleyxer bilan qarashlari bir bo„lgan 
Maks Myuller (1861-yilda), keyinchalik Aleksandr Potebnya (1862- 
yilda), Boduen de Kurtete (1871-yilda) naturalistik qarashlarni keskin 
rad etadilar. 
XVIII asrda tilshunoslikda 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish