Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


IV bob. Energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

IV bob. Energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatish
§1. Yoqilg‘i-transport uskunalariga xizmat ko‘rsatish
A. Temir yo‘l xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish.
339. Temir yo‘l xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatishda quyidagi hujjatlar talablari bajarilishi
kerak: 
“O‘zbekiston 
temir 
yo‘llari 
ustavi”, 
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” 
Davlat
inspeksiyasining qoidalari va yo‘riqnomalari: “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK temir
yo‘llarida poyezdlar harakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma; “O‘zbekiston temir
yo‘llari” DATYK temir yo‘llarida signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma va ichki temir
yo‘llarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktiv ko‘rsatmalar.
Ichki temir yo‘llar bo‘yicha poyezdlar yurishida va manevr ishlarida yondosh temir yo‘l
stansiyasi bilan kelishilgan mahalliy yo‘riqnomalarga rioya qilish kerak.
340. Barcha nogabarit joylar ogohlantiruvchi yozuvlar bilan belgilangan va zarur
vaziyatlarda yoritilgan bo‘lishi kerak.
341. Temir yo‘llarni odamlar va transport kesib o‘tish joylari o‘tish yo‘laklari va
transport o‘tish joylari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Odamlar yuradigan yo‘laklar eng ma’qul joylarda o‘rnatilishi va xavfsiz o‘tishni
ta’minlashlari kerak. Temir yo‘ldan o‘tish joylarida rels boshi sathida to‘shamalar
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.


O‘tish yo‘llari oldida “Yo‘l bo‘ylab o‘tish joyi” va “Temir yo‘ldan o‘tish joyi” maxsus
ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
O‘tish joyining eng kam kengligi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi, yuk bilan o‘tish joyi kamida
2 m bo‘lishi kerak.
342. Temir yo‘l bo‘ylab yurish yo‘laklari odamlar o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi
vaqtinchalik yoki doimiy qurilmalar bilan to‘sib qo‘yilishi mumkin emas.
343. Temir yo‘ldan transport o‘tish joylarida shlagbaumlar, signalizatsiya, yoritgichlar,
to‘suvchi ustunlar yoki qo‘lushlagichlar va ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Qo‘riqlanadigan transport o‘tishi joylarida eng yaqin stansiya
yoki post bilan telefon aloqasi bo‘lishi kerak.
344. Signal qurilmalarining bo‘yoqlari (shlagbaumlar, ustunchalar, yo‘l belgilari va b.)
yilda kamida 2-marta yangilanishi kerak.
345. Kam ishlatiladigan temir yo‘l liniyalarining stryelkali o‘tkazgichlari, harakat qilish
chastotasi va xarakteriga, yo‘l profeliga va boshqalarga qarab qulflarga berkitilishi
kerak. Ushbu stryelkalarning ro‘yxatini korxona bosh muhandisi tasdiqlaydi.
346. Temir yo‘l o‘qidan 3 m dan kam masofada joylashtirilgan stryelka postlari va
boshqa xizmat binolari faqat yo‘l bo‘yicha yo‘naltirilgan eshiklarga ega bo‘lishlari kerak.
Temir yo‘l tomonida eshikni oldida cheklovchi to‘siqlar bo‘lishi kerak.
To‘suvchi to‘siqlar, shuningdek, kelayotgan harakat qiluvchi sostav kelayotganini
ko‘rishga xalaqit beruvchi bino yoki inshootlardan temir yo‘liga chiqish joylarida
o‘rnatilishi kerak.
347. Temir yo‘llari va yo‘l oraliqlari qor, yoqilg‘i, shlak va boshqa narsalar va
materiallardan tozalab turilishi kerak va doimo o‘rnatilgan gabarit chegaralarida
saqlanishi kerak. Suvni olib ketuvchi quduqlar va suv oquvchi tarnovlarda xavfsiz
o‘tishni ta’minlovchi yopmalar o‘rnatilishi kerak.
348. Ko‘p qor yoqqanda, barcha qorni o‘z vaqtida chiqarib tashlash iloji bo‘lmasa, o‘tish
joylarida va faoliyat yo‘llarida (vaqtinchalik chora sifatida) yo‘llar orasida uyulib yotgan
qor orasida, har 9 m masofada 1 m dan kam bo‘lmagan kengliqda o‘tish joylarini qilish
kerak.
349. Yaxmalak vaqtida manevr ishlari o‘tkaziladigan rayonlardagi doimiy ish joylari va
odamlar o‘tish joylariga qum yoki kul sepib turilishi kerak.
350. Tormoz boshmoqlari va vagonlarning ehtiyot qismlarini saqlash uchun tokchalar va
qutilar yo‘l bo‘ylab temir yo‘llar oralig‘ida joylashtirilishi va manevr ishlari va tuzuvchi
brigadalarning ishlashiga xalaqit bermasligi kerak. Vagonlar va tokchalar va qutilar
orasidagi o‘tish joyi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Tormoz boshmoqlari va
vagonlarning ehtiyot qismlarini bevosita yerda joylashtirish man etiladi.
351. Temir yo‘llari oldida tushirilgan yoki yuklanishga tayyorlab qo‘yilgan yuklar
shunday taxlangan va mustahkamlangan bo‘lishi kerakki, bunda yaqinlashish gabariti
buzilmasin (mazkur Qoidalarning 11-ilovasi 4 bandi).
352. Yuklarni ortish va tushirish ostida turgan vagonlar, shuningdek chiqarish yo‘llarida
o‘rnatilgan bo‘sh vagonlar o‘zaro biriktirilgan va qo‘l tormozlari yoki tormoz
boshmoqlari bilan mustahkamlangan bo‘lishlari kerak. Vagonlarning g‘ildiraklarini
tagiga tormoz boshmoqlari o‘rniga g‘isht, tosh, taxta, yoki boshqa narsalarni qo‘yish man
etiladi.
353. Temir yo‘l transportiga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlarga temir yo‘llarda turish
va yo‘llar orasida yurish, shuningdek belgilanmagan joylarda temir yo‘l ustidan o‘tish
man etiladi.
354. Ishlashdagi tanaffuslarda temir yo‘llarida qolish man etiladi. Tanaffus vaqtida
ishchilar temir yo‘lidan eng chetidagi relsdan kamida 2 m masofaga chiqarilgan bo‘lishi
kerak. Shu bilan bir vaqtda yo‘ldan asboblar ham olib qo‘yilishi kerak.
355. Odamlar hayoti yoki poyezd harakati uchun xavfni ko‘rib qolgan har bir xodim,
poyezd yoki manevr sostavini to‘xtatilishiga signal berishi shart.


356. Poyezdlar harakat qilishiga xatarli bo‘lgan temir yo‘lining nosozligi ko‘rib
qolinganda, xavfli joylar to‘sib qo‘yilishi va nosozliklarni bartaraf etish uchun choralar
ko‘rilishi kerak.
357. Manevr ishlarini tuzish brigadasi yoki bir tuzuvchi bajarishi kerak.
Lokomotiv yoki tuzuvchilar brigadalarining tarkibi mahalliy sharoitlardan kelib
chiqqan holda, yondoshgan temir yo‘l stansiyasi bilan kelishish bo‘yicha, elektr
stansiyaning rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Barcha vaziyatlarda tor koleyali temir yo‘l transportining ekspluatatsiyasida manevrlar
bir shaxs: tuzuvchi yoki vagonlarni birlashtiruvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha bajariladi.
Manevr ishlarida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan signallardan foydalanish man etiladi.
358 Bitta mashinist va bitta tuzuvchiga lokomotiv turi va mahalliy sharoitlarini hisobga
olgan holda, kasaba uyushmasining texnik inspektori bilan kelishish bo‘yicha manevr
lokomotivlariga xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi.
359 Manevr ishlari uchun, bir mashinist tomonidan xizmat ko‘rsatilganda faqat manevr
seriyali teplovozlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Bir mashinist xizmat ko‘rsatadigan teplovozlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
mashinist va sex smenasidagi katta navbatchi shaxs o‘rtasida ikki tomonlama
radioaloqa;
mashinist va tuzuvchilar brigadasi orasida to‘g‘ri radioaloqa;
qayd etuvchi tezlik o‘lchagichi (tasmani olish tartibi mahalliy yo‘riqnomada belgilanadi);
avtomatik lokomotiv signalizatsiyali lokomotiv nishabli signalizatsiya (manevrli nishab
temir yo‘llarida ishlovchi teplovozlar uchun);
lokomotiv harakat qilayotganda hushyorlikni tekshiruvchi uzluksiz ishlovchi avtomatik
lokomotiv signalizatsiyasi;
kabinaning chap tomonida o‘rnatilgan, teplovozni boshqaruvchi ikkinchi pult;
mashinist o‘tirgan joyi to‘g‘risida signal beruvchi teplovoz kabinasining tepasida chap va
o‘ng tomonda joylashtirilgan sariq rangli signal lampalari;
teplovozni avtomatik ildirgichning masofadan yuritgichi;
orqa va oldini, chap tomonni ko‘rsatish oynalari.
Ikkinchi pult va signal lampalari, ko‘rinish sharoitlari bo‘yicha o‘ng va chap tomonda
tuzuvchi qo‘l signallarini berish uchastkalarida ishlovchi teplovozlarda o‘rnatilishi
kerak.
Teplovozni vagonlarga ildirishning barcha holatlarida, ildirish ishonchliligi, hamda
avtotormozlar ulanishi tuzuvchi yoki uning yordamchisi tomonidan tekshiriladi;
Lokomotiv harakat qilayotgan vaqtda mashinist va tuzuvchi brigadaga teplovozni
boshqarish va signal berish tarafini o‘ng tomondan chap tomonga almashtirish man
etiladi.
Mahalliy yo‘riqnomalar va stansiyaning texnikaviy-tasarrufiy dalolatnomasi bilan
belgilab berilgan ayrim holatlarda, tuzuvchi brigada tormoz maydonchalarida turishi
sharti bilan harakat qilish vaqtida signal berish va teplovozni boshqarish tomonlarini
almashtirishga ruxsat beriladi.
360. Qisqartirilnarilgan lokomotiv — tuzuvchi brigadalarda harakat xavfsizligini
ta’minlovchi manevrlarni bajarish tartibi, manevr lokomotivlariga bir mashinist
tomonidan xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma va texnikaviy-tasarrufiy
dalolatnomalarda qayd etilishi kerak.
Lokomotivga bir mashinist tomonidan xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha mahalliy
yo‘riqnomada quyidagilar hisobga olinishi kerak: egri va nogabarit joylarni mavjudligi,
ko‘rinish sharoitlari, ishlar hajmi, shuningdek, bir shaxs ishlayotgandagi cheklanishlar,
sostavning eng ko‘p uzunligi va vagonlar poyezd oldida harakat qilganda tuzuvchining
turish joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
361. Bufer taryelkalari bo‘lmaganda vagonlarni qo‘lda vintli ulash man etiladi.
362. Harakat qilinishi kerak bo‘lgan rayonda manevr ishlarini boshlashdan oldin
ildirishga va ajratishga mo‘ljallangan vagonlarni va yo‘llarni (platformalar bortlari


qattiq mustahkamlanganligini, ochiq harakatlanuvchi sostavda yuklar siljimaganligini,
vagon lyuklari yopilganligini, ilish qurilmalari sozligini va b.) ko‘rib chiqish, shuningdek
gabaritlar belgilanganlarga muvofiqligini va signallar sozligini tekshirish kerak.
Manevrlar bajariladigan yo‘llarni yaqinida turgan xodimlar chetga chiqarilishi kerak.
363. Manevrlar o‘tqazilayotganda lokomotiv yoki vagonni tupik tirgagiga 2 m dan yaqin
masofaga yaqinlashish man etiladi.
364. Manevr lokomotivning tezligi quyidagi, km/h dan oshmasligi kerak:
Bo‘sh yo‘l bo‘yicha vagonlar lokomotiv orqasida harakat qilganda 40
Bo‘sh yo‘l bo‘yicha vagonlar lokomotiv oldida harakat qilganda 25
Yon yo‘llarga stryelka bo‘yicha harakat qilganda 25
Odamlar va xavfli yuklar bilan vagonlar harakat qilganda 15
Lokomotiv vagonlarga yaqinlashganda (vagonlar bilan yoki ularsiz) 3
Yuklarni tushirish qurilmalarida va bunker galereyalarida. 2
Vagon vagonga yaqinlashganda (ilish va ajratish) 5
Vagon tarozlari bo‘yicha harakat sostavini yuritish tezligi ularga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha yo‘riqnomada belgilab beriladi.
365. Manevr ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarga quyidagilar man etiladi:
tormoz maydonchalarining zinalariga yoki vagonlarning yoki lokomotivlarning maxsus
zinapoyalarida o‘tirish va ulardan harakat tezligi 3 km/h dan yuqori bo‘lganda, hamda
stryelkali o‘tkazgichlar va transport o‘tishi joylarida tushish;
harakat qilayotgan sostav yoki lokomotiv oldida yo‘ldan o‘tishi;
vagonlar tagiga kirish;
ajratilgan vagonlar orasidagi masofa 5 m dan kam bo‘lgan masofada ular orasidan
o‘tish;
temir yo‘lida turish va o‘tirish.
Noqulay meteorologik sharoitlarida (yaxmalak, tuman, qor yoqqanda, qor bo‘ronida va
b.) temir yo‘ldan va temir yo‘li bo‘ylab yurganda alohida ehtiyot bo‘lish kerak.
366. Manevr ishlari bajarilayotganda faqat vagonlarning tormoz maydonchalarida yoki
lokomotiv 
zinapoyalarida, 
sisternalarning 
narvonlari 
bilan 
birlashtirilgan
zinapoyalarida yoki lokomotiv maydonchalarida turishga ruxsat etiladi, bunda
qo‘lushlagichlarni ushlab turish kerak.
367. Manevr ishlarida harakat qiluvchi sostav bilan band bo‘lgan temir yo‘lidan faqat
vagonlarning tormoz maydonchalari bo‘yicha o‘tish kerak. Manevr ishlari bilan band
bo‘lgan shaxslar to‘xtatilgan sostav yoki lokomotivni 3 m dan kam bo‘lmagan masofada
aylanib o‘tish kerak.
368. Nogabarit joylarda, yuklarni ortish-tushirish temir yo‘llarida va sex binolarining
ichida vagonlarning zinalarida va tormoz maydonchalarining zinalarida turish man
etiladi.
369. Harakat qiluvchi sostavni o‘tkazishga stryelka tayyorligi to‘g‘risida mashinistga
signalni faqat stryelka o‘tkazilgandan va uni o‘rnatgichga qulflagandan va lokomotiv yo‘l
oralig‘iga chiqqandan so‘ng berish mumkin. Harakat qiluvchi sostav stryelka bo‘yicha
harakat qilayotganda stryelka balansirini oyoq bilan ushlab turish man etiladi.
370. Sex binosidagi yukni ortish-tushirish temir yo‘liga vagonlar kiritilayotganda
poyezdni tuzuvchi vagon oldida yo‘l chekkasi bo‘ylab yurish va odamlarni sostav
harakat qilayotgani to‘g‘risida ogohlantirib turishi kerak; harakat tezligi 3 km/h dan
oshmasligi kerak.
371. Yuk ortilishi yoki tushirilishi tugallanmagan vagonlar bilan manevr ishlari, faqat
yuklash-tushirish ishlariga rahbarlik qiluvchi shaxs bilan kelishish bo‘yicha ruxsat
etiladi.
372. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda lokomotivlar va harakat qiluvchi sostavlarni
ekspluatatsiya qilishda va ko‘rib chiqishda mazkur Qoidalarning 197 va 198-bandlari
talablari bajarilishi kerak.
373. Lokomotivlarni ishchi holatida nazoratsiz temir yo‘llarida qoldirish man etiladi.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish