Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

13. Yer qazish ishlari
320. Yer qazish ishlari “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” KMK 3.01.02 talablariga muvofiq
bajarilishi kerak.
321. Energetika korxonalarining hududida, shuningdek yer osti kommunikatsiyalarining
muhofaza zonasida (elektr kabellar, gaz quvurlari va b.) yer qazish ishlari faqat ushbu
kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qilish uchun javobgar sex (rayon) yoki tashkilot
rahbariyatining yozma ruxsati bilan bajariladi. Ruxsatnomaga kommunikatsiyalarning
joylashtirilgan joyi va yotqizilgan chuqurligi ko‘rsatilgan reja (sxema) ilova qilingan
bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarishdan oldin yer osti kommunikatsiyalar joylashtirilgan
joylarni ko‘rsatuvchi xavfsizlik belgilari yoki yozuvlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
322. Ishlab turgan yer osti kommunikatsiyalar zonasida yer qazish ishlari naryad
bo‘yicha ish rahbarining bevosita kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak, kuchlanish
ostidagi kabel, ishlab turgan gaz quvuri, issiqlik trassasining muhofaza zonasida esa
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakilining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
323. Ishlab turgan yerosti kommunikatsiyalarning bevosita yaqinida (0,3 m kam
masofada) faqat belkuraklar bilan keskin urishlarsiz yerni qazishga ruxsat etiladi.
324. Yer osti inshootlarining ishchi rejalarida (sxemalarida) ko‘rsatilmagan portlash
xavfi bo‘lgan materiallar yoki o‘q-dorilar topilganda yer qazish ishlari zudlik bilan
to‘xtatilishi kerak. Ishchilar xavfsiz zonaga chiqarilishi va begona odamlar xavfli zonaga
kirishini oldini olish uchun choralar ko‘rilishi kerak. Tegishli tashkilotlardan ruxsat
olgunga qadar ishlashni boshlash man etiladi.
325. Transheyalar va kotlovanlarda zararli gaz aniqlanganda, ulardagi ishlar zudlik
bilan to‘xtatilishi, ishchilar esa xavfli zonadan chiqarilishi kerak.
Ishlar, ushbu zonaga gaz kelishi to‘xtatilgandan va undagi mavjud gaz chiqarib
tashlangandan keyin yana davom ettirilishi mumkin.
Gazlangan zonada ishlarni davom ettirish zarur bo‘lsa, mazkur Qoidalarning III bobi 9-
paragrafida qayd etilgan talablarga rioya qilish kerak.
326. Yaqinida gaz quvuri bo‘lgan yoki gaz yig‘ilib qolishi mumkin bo‘lgan transheyalarda
ochiq olovni qo‘llash man etladi.
327. Bo‘sh yoki nam tuproqda transheya qazilganda, agar ularning o‘pirib tushirish
xatari bor bo‘lsa, ularning devorlari ishonchli mustahkamlanishi kerak.
Sochiluvchi tuproqlarda devorlarni mustahkamlamasdan ishlarni bajarish mumkin,
biroq bunda tuproqning tabiiy qiyaligiga mos bo‘lgan qiyalikni saqlash kerak.
328. Mustahkamlanmagan qiyaliklar va chuqurlarning vertikal yuzalarining holati
ustidan muntazam nazorat qilish zarur. Yoriqlar paydo bo‘lganda ishchilar xavfli joydan
zudlik bilan chiqarilishi kerak va undan keyin tuproq yiqilib tushishiga qarshi choralar
ko‘rilishi kerak.
329. Kotlovan va transheyalarga faqat panjarali qo‘sh oyoqli narvon yoki tirama narvon
bo‘ylab tushish kerak.
330. Odamlar va transport yuradigan joylarda qazilayotgan kotlovanlar va transheyalar
“Qurilish maydonchalari va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchastkalarining inventar
to‘siqlari. Texnik shartlari” GOST 23407 talablariga muvofiq to‘silgan bo‘lishi kerak.
To‘siqlarda ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari, qorong‘i vaqtida esa — signal yoritishlari
o‘rnatilishi kerak.
331. To‘sikdan temir yo‘lning eng yaqin relsigacha masofa 2,5 m dan kam bo‘lmasligi
kerak.


332. Qazilgan chuqurlarning devorlarini mustahkamlamasdan ularning chetida tuproq
qulab tushishi prizmasi chegarasida qurilish mashinalari va avtotransportni turishi va
harakat qilishi, lebedkalar, uskunalar, materiallar va boshqalarni joylashtirish man
etiladi.
Maxkamlagichlari bo‘lgan chuqurliklarning tuproq qulab tushishi prizmasi chegarasida
qurilish mashinalari va transport vositalarini turishi va harakat qilishiga, dastlab, ular
yuklamasining qiymati va dinamikligini hisobga olgan holda, maxkamlagich
mustahkamligini ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan qiymatlarga muvofiqligi
hisoblab tekshirilgandan keyin ruxsat beriladi.
333. Kotlovanlar va transheyalarning taxtali mustahkamlagichlarini tuproqni joyiga
to‘kish bo‘yicha pastdan yuqoriga yo‘nalishda qismlarga ajratish kerak.
Mustahkamlagichlarni qismlarga ajratishda bir vaqtning o‘zida balandlik bo‘yicha uchta
taxtadan oshirmasdan olish, sochiluvchi va noturg‘un tuproqlarda esa -faqat bitta
taxtadan olish ruxsat etiladi. Taxtalar olinishi bo‘yicha tirgaklar faqat yangisi
o‘rnatilgandan keyin olinishi mumkin.
Mustaxkamlagichlarni qismlarga ajratish bevosita ish rahbari kuzatuvi ostida amalga
oshirilishi kerak.
334. Tuproqni elektrda isitish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar alohida vaziyatlarda va “SSBT.
Qurilish. Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar” GOST 12.3.013 va “SSBT. Elektr xavfsizlik.
Himoya zaminlash, nollash” GOST 12.1.030 talablariga muvofiq bajarilishi shart.
335. Bug‘lantirish va tutun gazlari bilan tuproq isitilayotganda ishchilarni kuyishi va
zararli gazlar bilan zaharlanishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.
336. Yer qazish mashinalari ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar, haydovchi
(mashinist) beradigan tovush signallari ma’nosini bilishi kerak.
337. Ekskavator ishlab turgan vaqtda quyidagilar man etiladi:
mustahkamlash uchun mo‘ljallanmagan buyumlardan uni mustahkamlash uchun
foydalanish;
mustahkamlash inventar tirgaklar bilan amalga oshirilishi kerak;
ekskavator harakat qilayotgan zonadan 5 m dan kam masofada turishi;
kovsh ko‘tarilgan holatda bo‘lganda uni tozalash.
338. Yer qazuvchi mashinalar va mexanizmlar elektr uzatish liniyalari yaqinida
yurayotganda va ishlayotganda mazkur Qoidalarning 195 - bandi talablari bajarilishi
kerak.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish