1787-yilgi Konstitutsiya.
Inqilobning muvaffaqiyatli yakunlanishi
amerikaliklarga Mustaqillik Deklaratsiyasida ifodalangan orzu-umid-
lari va g‘oyalarini konstitutsiyada aks ettirish imkonini berdi. Deyarli
barcha shtatlar o‘z konstitutsiyalariga ega bo‘ldi.
Ammo mamlakatda shtatlarni yagona qonun asosida birlashtirish,
ularni boshqarish, yagona iqtisodiy tizimni shakllantirish kabi muam-
molar mavjud edi. Ularni hal etish uchun 1787-yilning mayida Fila-
delfiyada ish boshlagan Federal Konvent yig‘iniga shtatlardan say-
langan vakillar sifatida ko‘zga ko‘ringan arboblar to‘plandi. Ular orasi-
da Jorj Vashington, Jeyms Uilson, Benjamin Franklin, Jeyms Me-
dison, Aleksandr Gamilton kabi mashhur kishilar – «Amerikaning
otalari» bor edi.
http://eduportal.uz
58
Do'stlaringiz bilan baham: |