XVI–XVIII asrlar Rossiya tarixida muhim davr bo‘ldi. Bu davr- da Rossiya imperiya sifatida shakllandi, uning hududi ikki baro- bardan ziyod kengayib, Yevropaning eng katta va harbiy jihatdan qudratli davlatiga aylandi. Ammo qoloq ijtimoiy munosabatlar tu- fayli Rossiya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda Yevropadan ortda qolib ketdi. Boyarlar dumasi – Rus davlatida dastlab knyazlar, so‘ng podsho huzuridagi
Oliy davlat kengashi.
Sudebnik – qonunlar to‘plami.
1. Rusni markazlashgan davlatga aylantirish qachon tugallandi va uning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat bo‘ldi? 2. Rossiyada qanday boshqaruv tizimi qaror topdi? 3. Ivan IV Grozniy joriy etgan oprichnina nima va undan qanday maqsad ko‘z- langan edi? 4. Rossiyada romanovlar sulolasi hukmronligi qay tariqa o‘rnatildi? Angliya, Fransiya qirollari va Rossiya podsholari o‘z siyosatlarida amalga oshirgan
eng muhim ishlarining ro‘yxatini daftaringizga tuzing.
Internet vositasida
XVI–XVIII asrlarda Rossiya imperiyasi ga virtual sayohat
uyushtiring va mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni xronologiya
shakliga keltiring.
http://eduportal.uz