Mutlaq monarxiyaning qaror topishi. Rossiyada mutlaq monar-
xiyaning to‘la qaror topishi Pyotr I nomi bilan bog‘liq. U 1689-yilda
taxtga o‘tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri
Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U
bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi.
1700-yili Rossiya Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qar-
shi urush boshladi. Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan
kirdi. Urush 1721-yili Rossiyaning g‘alabasi bilan tugadi. Shu yili
Finlandiyaning Nishtadt shahrida Rossiya – Shvetsiya tinchlik shart-
nomasi imzolandi. Unga binoan, Rossiya Boltiq dengiziga chiqish
huquqiga ega bo‘ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli dav-
latlaridan biriga aylandi. 1721-yili Pyotr I imperator deb e’lon qilindi.
Rossiya imperiyaga aylandi va mamlakatda mutlaq monarxiya to‘la
qaror topdi.