49
10-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA ROSSIYA IMPERIYASI
Rus yerlarining birlashishi.
Oltin O‘rdaga
qaramlikdan ozod
bo‘lgan Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni XVI asr
boshlarida nihoyasiga yetdi. Markazlashgan davlat tashkil topdi va u
endi
«Rus», «Rossiya»
deb ataldi.
Kiyev Rusi davlatiga qachon va kim tomonidan asos solingan?
1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor
podsholik tojini kiydi va «sar» deb ataldi.
Rusda hukmdorlar ilgari
«Buyuk knyaz» deb atalar edi. Ivan IV ga podsholik unvonining
berilishi uni G‘arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi. Ivan IV
ichki siyosatining asosiy maqsadi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish
orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirishga qaratildi.
Shu maqsadda
1549-yili u birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘i-
lishini –
Zemstvo sobori
ni chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi.
Sobor yangi qonunlar to‘plami –
Sudebnik
tuzish haqida qaror qabul
qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni jinoyat va nojo‘ya qil-
mishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. Dvoryanlardan ming
nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berildi. Davlat lavozim-
larini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar
egallashi tartibiga ham
chek qo‘yildi.
Boyarlar uchun aholidan yig‘iladigan soliqlar bekor qilindi. Joy-
larda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari –
zemstvo
lar tuzildi.
Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘ti-
shini yiliga bir kun – 26-noyabr bilan cheklab qo‘ydi.
Oprichnina.
Boyarlar hokimiyatiga zarba berish maqsadida
1565-yilda Ivan IV mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib oldi. Bu
yerlar
oprichnina
(ajratib olingan) deb ataldi. Oprichnina o‘z qo‘shi-
niga ega bo‘ldi. U podshoning o‘z raqiblarini jazolash quroliga aylan-
tirildi. Mamlakatda shafqatsiz terror, qatl va surgun davri boshlandi.
Shuning
uchun Ivan IV
«Grozniy»
(shafqatsiz, dahshatli) laqabi bilan
ataldi.
Oprichnina Rossiyada feodal tarqoqlik qoldiqlariga qarshi kuchli
zarba berdi. Ammo u mamlakat xo‘jaligiga katta talafot yetkazdi. Na-
faqat boyarlar, balki o‘n minglab oddiy odamlar ham qurbon bo‘ldi.
4 – Jahon
tarixi
http://eduportal.uz
50
Bu esa jamiyatning turli qatlamlarida oprichninadan norozilikni ku-
chaytirdi. Natijada, Ivan IV 1572-yili oprichninani bekor qilishga
majbur bo‘ldi.
Bu davrda Rossiya hududi bosqinchilik
urushlari olib borish hiso-
biga sharqqa va janubga tomon kengayib bordi. Chunonchi, XVI asr-
ning ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon (Astraxan)
va Sibir xonlik-
lari bosib olindi. XVI asr oxiriga kelib, Rossiya hududi qariyb ikki
barobar kengaydi.
1547-yili – ...
1549-yili – ...
1565–1572-yillarda – ...
XVI asr ikkinchi yarmida – ...
Do'stlaringiz bilan baham: