1 - MAVSUM 1 - TUR UCHUN S A V O L L A R Tuzdi: BEXRUZ ROʻZIMURODOV
1. Ivan Turgenyev fikricha: "Ertaga" so’zi qat’iyati yoʻq kishilar va ALFAlar uchun o’ylab topilgan. ❓Savol: Aynan Kimlar uchun? JAVOB: BOLALAR uchun
2. Matematik Shariginning fikri: "U" –geometriyaning qalbidir. "U"ni o’rganing, shunda siz nafaqat geometriyaning qalbini, balki o’z qalbingizni hamda dunyo tuzilishini ham o’rgangan bo’lasiz??? "U" nima??? JAVOB: AYLANA
3. Bu sport turi eng qadimgi sport turlariga kiradi.. Miloddan 2500 yil oldin u bilan asosan Misrliklar shugʻullangan. Keyinchalik yunonlar ham juda qiziqish bilan oʻynashgan. Oʻsha paytlar bu sport turi orqali asosan qumli maydonlarda musobaqalashishgan..❓Bu qaysi sport turi??? JAVOB: KURASH
4. Bir Muzlatgich va Konditsioner zavodining reklamasida jiddiy ohangda shunday deyilarkan: “Bizning sovutgichlarimiz ishonchli sovuq havo ishlab chiqaruvchi hamkor bo‘lib, sizning uyingizga "U"ni olib kiradi.. ❓"U" deganda nimani nazarda tutgan??? JAVOB: ILIQLIK
5. "Fil sichoqdan qoʻrqarkan, chunki filni xartumiga kirishdan qoʻrqadi" degan gap xato ekan.. Filni bezovta boʻlishiga aslida boshqa sabab bor. Oʻylab koʻring qani nima ekan oʻsha sabab??. JAVOB: Sichqonni kemirishi filni miyyasiga tasir qilarkan
6. Antik davr teаtridа bir udum boʻlgаn ekan.. Bu udum Niqоb bilаn rоl uynаsh... Antik davr teаtr koʻrinishlari judа kаttа mаydоnlаrdа qoʻyilаrkan. Aktyоrning yuz ifоdаsi tоmоshаbinlаrgа etib bоrmаgаni bоis, niqоbdа oʻynаsh tоmоshаbingа xаm kulаy edi. U sаlbiy yо ijоbiy qаhrаmоn ekаnligi niqоbdаgi koʻrinishlardan maʼlum boʻlardi.. Niqоbdа rоl oʻynаsh аktyоrlаrga xаm qulаy edi. Sаvоl u qаndаy qulаylik? JAVOB: Bir aktyor sahna koʻrinishlar vaqtida bir nechta rolni oʻynashi mumkin..
7. Ulugʻ mutafakkir, shoir Alisher Navoiy bu soʻzning harflariga alohida bir mano berganlar: Bu soʻzda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamdir. Bu soʻzni toping??? J: Islom
8. MATEMATIK SAVOL: JAVOB: 43 10+10+10=30.. 5+5+10= 20.. 4+4+5= 13.. 5+(5+4+10)×2=43
9. Bu kasb egalarining ishini sarkardalarning ishiga oʻxshataman. Ularning oʻtkir uchli qilichga oʻxshash predmeti butun boshli jamaoni boshqarib oʻziga biriktirilgan ishni oʻziday bajarishdan iborat. Jamoa ham oʻz qurolining haqiqiy ustalari hisoblanib, mahorat bilan kurashadilar.. Siz menga bu jamoani boshqaruvchi kasbni ayting??? JAVOB: ORKESTR DRIJORI
10. Tarixdan maʼlumki, Quldоrlik dаvridа qullаrgа judа pаst munоsаbаtdа boʻlishgаn. Pаrfiyа dаvlаtidа esa qullаrgа doʻstona munоsаbаtdа boʻlishgan ekan. ❓Sаvоl nimа uchun?
JAVOB: Armiya qullardan tuzilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |