Fransiyadagi burjua inqilobi nihoyasiga yetdi. Bu inqilob butun dunyo tarixi uchun ham ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. U olg‘a surgan «Ozodlik, Òenglik, Birodarlik!» g‘oyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, inqilob tarixi ko‘plab xalqlar uchun katta saboq ham bo‘ldi. Uning ayovsiz qirg‘inlari, barcha muammolarni hal etishning vositasi sifatida terrorning qo‘llanilishi, siyosiy muxolif- larning jismoniy yo‘q qilinishi kabilar ham inqilob keltirgan dah- shatli reallik bo‘ldi. Òermidor – Fransiyada inqilob yillari qabul qilingan yangi taqvimda oyning
nomi.
Konvent – ba’zi mamlakatlarda alohida vakolatlarga ega bo‘lgan vakillik organi.
Direktoriya – burjua inqilobi davrida Fransiyada hokimiyatni kollegial bosh-
qaruv shakli, ijroiya hokimiyati.
Konsul – Fransiyada burjua inqilobi yillari joriy qilingan ijroiya hokimiyatining
uchta rahbaridan biri.
Òerror (qo‘rqinch, dahshat) – raqiblarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi
o‘rtasida vahima keltirib chiqarish.
1. 1795-yilgi xalq qo‘zg‘oloni qay tariqa boshlandi? 2. 1795-yilgi Fransiya konstitutsiyasi qanday asosiy qoidalarni joriy qildi? http://eduportal.uz
45
3. Qaysi omillar Napoleon Bonapart obro‘sining oshishini ta’minladi? 4. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?