1795-yil aprelda
qo‘zg‘olon boshlandi. Minglab qurolsiz
kishilar Konvent tomon kelishdi. Kechga borib, Milliy gvardiya Kon-
ventni o‘rab olib, xalqni quvib yubordi. Parij qamal holatida deb e’lon
qilindi. May oyida bu voqealar takrorlanib, qo‘zg‘olonchilar Kon-
ventni egallab oldi. Odamlar oqimi barcha binolarni to‘ldirib yubordi.
Ikki kun davomida g‘azab alangasi avj oldi. Ikkinchi kun oxiriga kelib,
qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi va qurolsizlantirildi, ularning yo‘l-
boshchilari – so‘nggi yakobinchilar gilotinada qatl qilindi. Ko‘plar
qamoqqa tashlandi, surgun qilindi. Bu qo‘zg‘olon Buyuk fransuz inqi-
lobi davrida aholining so‘nggi ommaviy chiqishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |