XIX asr, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi Yaponiyada kapita-
lizmning shiddatli rivojlanish davri bo‘ldi. U Meydzi inqilobidan
so‘ng an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib
industrial taraqqiyot yo‘liga kirdi, kapitalistik taraqqiyot uchun
sharoit yaratildi, konstitutsiya qabul qildi, siyosiy partiyalar paydo
bo‘la boshladi, huquqiy davlatning belgilari namoyon bo‘ldi.
Modernizatsiya
– zamonaviylashtirish.
Eksterritorial huquq
– chet el fuqarolarining shaxsi, uy-joyi va mol-mulki
daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining ularni sud qila olmasligi.
1. Nima sababdan AQSH va Yevropa davlatlari uchun Yaponiyani «ochilish»ga
majbur etish zarur edi?
2. Yaponiyada syogun hokimiyati qay tariqa ag‘darildi?
3. Imperator Musuxito o‘tkazgan islohotlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Meydzi islohotlarining Yaponiya taraqqiyotidagi o‘rniga baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |