XIX asrning 30–60-yillarida Koreya.
XIX asrdan koreys ja-
miyatining barcha tizimlaridagi inqiroz yanada keskinlashdi. Ichki
siyosiy ziddiyatlar tufayli zaiflashgan li sulolasi tanazzulga yuz tutdi.
Ana shunday paytda mamlakatga Koreyani chet davlatlar uchun
ochish va uni mustamlakaga aylantirishga intilayotgan kapitalistik
davlatlar xavf solayotgan edi. Bu xavf dastlab yevropalik xristian mis-
sionerlarining faolligi oshganligi bilan ifodalandi.
1831-yili Rim papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon
qildi. 1832-yili Koreya qirg‘oqlari yaqinida paydo bo‘lgan kema Bu-
yuk Britaniya nomidan savdo munosabatlari o‘rnatishni taklif qildi,
lekin rad javobini oldi. Bu orada xristian cherkovi missionerlari
vakillari Koreyaga yashirin kirib kelib, o‘z faoliyatlarini olib borayot-
gan edilar. Ular, asosan, fransuz missionerlari edi. Bu missioner-
Do'stlaringiz bilan baham: |