Birinchi afyun urushi. Buyuk Britaniya
savdogarlari Hindistondan g‘ayriqonuniy
ravishda Xitoyga afyun (qora dori) kirita
boshladilar. Mahalliy Xitoy ma’murlari af-
yun ortilgan karvonlarni musodara qil-
ganiga javoban Britaniya hukumati afyun
va ingliz tovarlarini olib kirishni qonun-
lashtirish uchun 1840-yili Xitoyga qarshi
urush boshladi. Urush tarixga «Birinchi
afyun urushi» nomi bilan kirgan. Bu urush
1842-yilgacha davom etdi. Urushda Xitoy iqtisodiy va harbiy texnika
jihatidan qoloqligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi.
Urush yakunida Buyuk Britaniya Gonkong orolini bosib oldi va
Xitoyni chet el savdogarlari uchun bir nechta portni ochib qo‘yish
haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.
Lekin Xitoy afyun olib kirilishining qonuniy ekanligini tan olmadi.
1840-yili ...
Afyun urushlari – bu ...
1856-yili...
Xun Syutsyuan – bu ...