Ikkinchi afyun urushi. 1856–1860-yillari Ikkinchi afyun urushi ro‘y
berdi. Bu safar Xitoy Buyuk Britaniya va Fransiyaning birlashgan
qo‘shinlaridan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ular Pekin bo‘sag‘alari-
da juda boy xazinalarga ega bo‘lgan imperatorning yozgi saroyini
taladilar va vayron qildilar. Mustamlakachilar Xitoyni yangi, teng
bo‘lmagan shartnomalar tuzishga majbur etdilar. Chet elliklarga yana
boshqa portlar orqali ham savdo olib borishga ruxsat etildi va yangi
imtiyozlar berildi. Ayni paytda ingliz va fransuz fuqarolari Xitoy
hududida Xitoy qonunlari va sudiga bo‘ysunishdan ozod qilindi. Agar
ular jinoyat qilsalar, ularni tegishli mamlakatning elchisi o‘sha mam-
lakatning qonunlariga binoan sud qilardi. Dengiz savdosida ustunlikni
egallagan Buyuk Britaniya Xitoyda hammadan ko‘proq imtiyozga ega
bo‘lib oldi. Dengiz sohilidagi katta shaharlarda vujudga keltirilgan
maxsus kvartallarda faqat ajnabiylar yashashar, Xitoy ma’murlari esa
bu yerlarga kira olmas edilar.