1815-yil Vaterloo qishlog‘ida (hozirgi Belgiya
davlati hududida) hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. U tarixga
«Vater- loo jangi» nomi bilan kirdi. Jangda Napoleon qo‘shini butunlay tor-
mor etildi. Ikkinchi bor taxtdan voz kechgan Napoleon endi uzoq
Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va u shu yerda 1821-yili
vafot etdi. Fransiyada Burbonlar hokimiyati qayta tiklandi.
Vena kongressi. G‘olib davlatlar Kongress chaqirdilar. Bu Kon-
gress 1814–1815-yillarda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida bo‘lib
o‘tdi. Kongressning asosiy maqsadi – Yevropani g‘olib davlatlar man-
faatlari yo‘lida qayta taqsimlashdan iborat edi. Kongressning yakun-
lovchi hujjatiga binoan, Fransiya hududi o‘zining 1789-yilgi chega-
rasigacha qisqartirildi. Yevropada Buyuk Britaniya va Rossiyaning
ta’siri kuchaydi.