1848-yil 25-fevral
kuni Fransiya Respublika deb e’lon qilindi.
Ikkinchi imperiya.
Mamlakatda tartib o‘rnatishga qodir hokimiyat
zarur edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar katta vakolatlarga ega pre-
zidentlik lavozimini joriy etishga qaror qildilar.
1848-yilning dekabr oyida Napoleon Bonapartning jiyani Lui
Napoleon Bonapart Fransiya Prezidenti etib saylandi. Uning asl
maqsadi Fransiya imperiyasini qayta tiklash edi.
1852-yil 2-dekabrda u o‘zini Napoleon III nomi bilan Fransiya
imperatori deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya
o‘rnatildi. Napoleon III «Imperiya – bu tinch-totuvlik», deb aytgan
bo‘lsa-da, Fransiya bir necha tashqi urushlarni olib bordi. Bu
urushlardan birida yengilganligi bois Ikkinchi imperiya ham quladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |