Ijodiy ish topshirig‘i «Birinchi imperiya halokati sabablari» mavzusida esse yozing.
Fransiyada Birinchi va Ikkinchi imperiyaning ijobiy va salbiy jihatlarini Ò-chizma
asosida tahlil qiling va daftaringizga yozing.
22-mavzu: 1800–1870-YILLARDA GERMANIYA VA ITALIYA Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablari. Germaniya
inqilobining asosiy sababi – O‘rta asr feodal tartiblarining kapitalistik
taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotganligi edi. Buning natijasida Ger-
maniyada hamon siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Oqibatda, yagona
umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi boshqa ilg‘or davlatlardan orqada qoldi. Zo‘ravonlikka
asoslangan davlat boshqaruvi har qanday hurfikrlikni ta’qib qilar edi.
Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi.
In-