Ijodiy ish topshirig‘i
Mavzu matnini «Insert» jadvali asosida tahlil qiling va ikki qismli kundalik
tuzing.
Internet vositasida
XIX asrda Buyuk Britaniya davlati
ga virtual sayohat uyushtiring.
Òaassurotlaringizni daftaringizga qayd eting.
21-mavzu: 1800–1870-YILLARDA FRANSIYA
Fransiyada Birinchi imperiya (1804–1814).
1799-yilgi davlat
to‘ntarishidan so‘ng Napoleon Birinchi konsul lavozimini egalladi.
Keyin umrbod konsullikka saylandi. 1804-yili Senat uni «Fransuzlar
imperatori Napoleon I» deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada mo-
narxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya zodagonlarga emas, bur-
juaziyaga xizmat qilar edi.
Fransiyada qachon toifaviy monarxiya, ya’ni toifa vakillari yig‘iniga taya-
nadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi?
Birinchi imperiya davrida Napoleon urushlari natijasida imperiya
hududlari kengayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |