«Oq mustamlakalar».
Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik siyo-
satida «oq koloniyalar»ga katta e’tibor qaratdi. Amerika, Afrika va
Avstraliyaga Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan
ko‘chib borgan kishilar o‘zlashtirgan hududlar «Oq mustamlakalar»
deb atalardi. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mus-
tamlakalar edi. Ayni paytda bu mustamlakalar o‘zini o‘zi boshqarish
uchun kurash olib bordilar. Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli
tus oldi. Natijada, Buyuk Britaniya 1867-yili Kanadaga dominion
maqomini berishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |