Rossiyaga qarshi urush.
1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi
urush boshladi. Urush Rossiya tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan
kirdi. 1812-yil 7-sentabrda ikki davlat qo‘shini o‘rtasidagi hal qiluvchi
jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Borodino
jangida har ikki tomon ham ko‘plab qurbonlar berdi. Napoleon Mos-
kvani egalladi. Ammo Napoleon armiyasida tartib yo‘qolib, askarlar
yoppasiga talonchilik bilan shug‘ullana boshladi. Armiyada jangovar
ruh yo‘qoldi.
Napoleon Moskvani tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. M.I. Kutu-
zov boshchiligidagi Rossiya armiyasi chekinayotgan fransuzlarni ta’-
qib qilib, ularga katta talafot yetkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |