Brass usulida suzishdagi burilish.
Brass usulida suzishdagi burilishga tafovut qilinadi,
har ikkalasining ham o'z usullari bor. Shunga qaramay hammasidan ham burilish paytida
basseyn devoriga har ikkala qo'l bilan bir paytda tegish, tayanish va siltanish, tanani gorizontal
holatda tutish shart.
Ochiq burilish.
Ochiq burilishning birinchi usulida basseyn devoriga etib kelib hozir
aytganimizdek, ikkala qo'l bilan tegiladi va ikkala oyoqni tizzadan, chanoq son bo'g'imidan,
qo'llarni tirsakdan bukib, devorga yaqinlashiladi. So'ng suzuvchi bir qo'lini devordan olib shu
qo'l tomonga aylana boshlaydi. Bunda bosh va elka bilan keskin harakat qilib, aylanishni
tezlashtirishga yordam beradi va suv ichida nafas chiqariladi. Oyoqlar devor tomonga yo'naladi,
bosh suvdan xila chiqib nafas olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |